Sergey Ivanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Ivanovich Ivanov
Tavallud sanasi 24-mart 1964-yil
Tavallud joyi Rostov SSSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1983 SKA Rostov 10 (0)
1984—1990 Rostelmash 207 (6)
1990—1991 APK 40 (0)
1992 Navbahor 23 (0)
1993—1994 Lada Tolyatti 34 (0)
1994 Torpedo Taganrog 14 (0)
1995 SKA Rostov 22 (2)
1996 Istochnik 11 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Ivanovich Ivanov (1964-yil 22-martda tugʻilgan, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyati yakunidan soʻng hakamlik bilan shugʻillana boshlagan.

Faoliyati tahrir

Sergey Rostov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyatini 1982—1983-yillarda u mahalliy SKAda boshlagan. 1984—1990-yillar davomida Rostelmash jamoasida oʻynagan. Rostelmash tarkibida 7 yil davomida SSSRning turli ligalarida 207 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol muallifiga aylangan. 1990—1991-yillarda „APK“ klubi sharafini himoya qilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasining nomdor jamoalaridan biri, Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi. Lochinlar safida klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum davomida 23 ta oʻyinda maydonda harakat qildi. Navbahor jamoasi tarkibida oʻynab, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Togliattining „Lada“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Mavsum davomida jamoada 34 ta oʻyin oʻtkazib, jamoaga Birinchi divizionda gʻalaba qozonish va Rossiya Premyer-ligasiga chiqishida yordam berdi. 1994-yil 15-martda Stavropolning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Rossiya chempionatida debyut qildi[1]. Rossiya Premyer-ligasida jami 8 ta oʻyin oʻtkazgan. U futbolchilik faoliyatini 1996-yilda Rostovning „Istochnik“ klubi safida yakunlagan.

Futbolchi sifatidagi faoliyatiniyakunlaganida soʻng hakamlar maktabida oʻqidi.1997—2001-yillarda hakamlik lavozimida ishlagan. Sergey Rossiyaning bir qator quyi divizion, yoshlar chempionati, shuningdek, Rossiya kubogi oʻyinlarida hakamlik qilgan[2].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „«Динамо» Ставрополь 1 : 0 «Лада» Тольятти“. 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-yanvar.
  2. „Иванов Сергей Иванович“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.

Havolalar tahrir