Sergey Kazakov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 23-noyabr 1959-yil
Tavallud joyi Turkmaniston SSR SSSR
Boʻyi 181 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981 Sautrn Ribansk 9 (0)
1984—1988 Navbahor 169 (45)
1989 Kosonsoy 17 (3)
1989—1992 Ahal 125 (38)
1993 Byuzmeyin
Milliy terma jamoa
1992—1993 Turkmaniston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12.31.1993 uchun)

Sergey Kazakov (1959-yil 23-noyabrda tugʻilgan) — sovet va turkman futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan[1].

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyati Turkmenabat shahrining „Karakum“ jamoasida boshlagan. Jamoasi bilan asosan Turkmaniston SSR chempionatida ishtirok etgan. Professional darajadagi klublardagi faoliyatini Ribinskning Saturn klubida 1981-yilda boshlagan. Sergey Ribinsk jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligasi musoboqasida 9 ta uchrashuvda maydngga tushgan. 1984-yilda u Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining „Avtomobilist“ (Namangan) jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir necha mavsum muvaffaqiyatli toʻp surdi[2]. 1989-yilgi mavsumni Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubi tarkibida boshladi. Kosonsoyliklar tarkibida musoboqaning birinchi davrasida 17 oʻyinda 3 ta gol urdi. Ikki davra avvalida Turkmanistonning Ahal jamoasi safiga oʻtdi. 1989—1992-yillarda „Ahal-SOP/Ahal“ klubi uchun SSSR Ikkinchi ligasi va Turkmaniston chempionatlarida toʻp surdi.

1992-yilda u Turkmaniston Yokari ligasida oʻynadi va Ahal jamoasi bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Turkmanistonning boshqa bir jamoasi „Byuzmeyin“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini yakunladi.

Sergey faoliyati davomida asosan orqa chiziqda, yarim himoya va himoya pozitsiyalarida toʻp surganiga qaramay, aniq va kuchli zarbasi, jarima va burchak toʻplarini mohirona ijro etishi natijasida barcha jamoalarida 100 ga yaqin gol muallifiga aylangan.

Milliy terma jamoa tahrir

1992—1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi sharafini himoya qilgan[3].

Yutuqlar tahrir

  • Turkmaniston chempionati kumush medali sovrindori: 1993
  • Turkmaniston chempionati bronza medali sovrindori: 1992

Statistika tahrir

Mavsum Klub Liga Chempionat
Oʻyin Gol
1981   Saturn (Ribinsk) Ikkinchi liga 9 0
1984   Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 11
1985   Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 26 5
1986   Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 35 13
1987   Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 13
1988   Navbahor Ikkinchi liga 36 3
1989   Kosonsoy Ikkinchi liga 17 3
1989   Ahal-SOP Ikkinchi liga 19 5
1990   Ahal Ikkinchi liga 36 10
1991   Ahal Ikkinchi liga 50 18
1992   Ahal Oliy liga ? ?
1993   Byuzmeyin Oliy liga ? ?

Manbalar tahrir

  1. „советский и туркменский футболист“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  2. „Казаков Сергей“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  3. „Kazakov Sergey - футболист, нападающий“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.

Havolalar tahrir