Serxio Leonel Aguero del Kastilyo (ispancha: Sergio Leonel Agüero del Castillo) 1988-yil 2-iyunda Buenos-Ayresning Quilmes provinsiyasida tugʻilgan. Serxio Aguero Argentinalik futbolchi, „Independiente“, „Atletiko Madrid“, „Manchester City“ va „Barcelona“ klublarida, shu bilan birgalikda, Argentina terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp surgan. 2003-yilning 5-iyulida 15 yoshli Serxio Aguero Argentina chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan. Hamda shu tariqa Diego Maradonaning 1976-yildan buyon egallab turgan avvalgi rekordini yangilagan[1]. Oʻyinlar paytida Serxio Aguero odatda formasida Kun Aguero laqabidan foydalangan (ispancha: Kun Agüero)[2].

Serxio Aguero Futbol
Maʼlumotlari
Toʻliq ism sharifi Sergio Leonel Agüero del Castillo
Taxallusi Kun (isp.Kun Agüero)
Tugʻilgan 1988-yil 2-iyun (34 yosh)
Quilmes, Argentina
Fuqaroligi Argentina
Boʻyi 173 sm
Pozitsiyasi Hujumchi
Yoshlar jamoalarida
Flag Argentini Loma Alegre (Quilmes)
Flag Argentini 1-may
Flag Argentini 20-iyun
Flag Argentini Pellerano Roxo
Flag Argentini Bristol
Flag Argentini Los-Primos (Beratsetegey)
1997—2003 Flag Argentini Independiente (Mustaqillik)
Jamoaviy faoliyati
2003—2006 Flag Argentini Independiente 54 (23)
2006—2011 Flag Ispanii Atletiko Madrid 175 (74)
2011—2021 Flag Anglii Manchester city 275 (184)
2021 Flag Ispanii Barceolna 4 (1)
2003—2021 Umumiy faoliyatida 508 (282)
Milliy jamoa tarkibida
2004 Flag Argentini Argentina (U 17) 5 (3)
2005—2007 Flag Argentini Argentina (U 20) 11 (6)
2006—2021 Flag Argentini Argentina 101 (41)
2008 Flag Argentini Argentina (olimpia jamoasi) 5 (2)
Xalqaro medallari
Olimpiada oʻyinlarida
Oltin Pekin 2008 futbol
Jahon chempionatida
Kumush Braziliya 2014
Amerika kubogida
Kumush Chili 2015
Kumush AQSh 2016
Bronza Braziliya 2019
Oltin Braziliya 2021
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Serxio Aguero Argentinaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasiga 17 yoshli (2005-yilda) hamda 20 yoshli (2007-yilda) oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlariga chaqirilgan va ikkala marta ham gʻalaba qozongan. 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Argentina terma jamoasi safida toʻp surgan va u yerda oltin medallarni qoʻlga kiritgan va yarim finalda Braziliyaga qarshi oʻyinda ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan[3]. U 2010-yil, 2014-yil (kumush) va 2018-yilda uchta jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U jahon chempionatlarida maydonga tushib, jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol kiritgan. 2011, 2015 (kumush), 2016 (kumush), 2019 (bronza) va 2021-yillarda (oltin) Amerika kuboklarida ishtirok etgan.

Aguero 2006-yilda Yevropaga, Ispaniya chempionatining „Atletiko Madrid“ jamoasiga „Independiente“dan 23 million yevro evaziga oʻtgan. Bu yerda u 234 ta oʻyinda 101 ta gol kiritgan. 2010-yilgi Yevropa ligasi va UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2011-yil iyul oyida u 35 million funt sterling evaziga „Manchester City“ safiga koʻchib oʻtgan[4][5]. Oʻzining debyut mavsumida u soʻnggi tur oʻyinida 94-daqiqada „Queens Park Rangers“ darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritib, jamoaga 44 yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. 2012-yilda u „Manchester City“ muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. U „Manchester City“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.

Hayoti tahrir

Birinchi qadamlar tahrir

Serxio Aguero Buenos-Ayresning chekkasida joylashgan Quilmes shahridagi katta oilada tavallud topgan.

"Independiente" tarkibida tahrir

Serxio Aguero „Independiente“ bolalar jamoasi tarkibida Argentina chempionligini qoʻlga kiritgan[6]. Tez orada Argentina yoshlar terma jamoasi murabbiyi Fransisko Ferraro unga eʼtibor qaratgan. Hamda 17 yoshli Aguero Gollandiyada boʻlib oʻtadigan 20 yoshli jahon chempionatiga borishga daʼvogarlik qilgan. U jamoadagi eng yosh oʻyinchi boʻlgan. Oʻyinchilarning asosiy qismi 1985—1986-yillarda tavallud topgan futbolchilar boʻlgan. Va faqat Messi 1987-yilda, Aguero esa 1988-yilda tugʻilgan. Turnir qahramoni 5 ta gol urib, Argentinaning turnirdagi gʻalabasiga asosiy hissa qoʻshgan Lionel Messi boʻlgan. Aguero 4 marta, shu jumladan finalda ham zaxiradan maydonga tushirilgan. Aynan Nigeriya bilan hal qiluvchi bahsda u penaltini ishlab, Messi gʻalaba golini kiritgan.

Apertura-2005da Aguero 9 ta gol kiritgan hamda Independiente jamoasidagi bir muddat davom etgan omadsiz yillardan soʻng 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Klausura-2006 musobaqasida ham xuddi shunday yaxshi oʻyin oʻtkazgan hamda yana 9 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi.

Aguero Yevropa futbolining gigantlari — „Real Madrid“, „Bavariya“, „Manchester United“ning eʼtiborini tortgan.

Atletiko Madrid tahrir

2006-yil 30-mayda Aguero „Independiente“ tomonidan „Atletiko Madrid“ga 23 million yevroga sotilgan. Avvaliga Aguero asosan zaxiradan maydonga tushgan. Ammo shunga qaramay Serxio Aguero tez orada asosiy tarkibdan joy olgan. U 3-turda Bilbaoda mahalliy „Atletik“ jamoasiga qarshi oʻyinda birinchi golni kiritgan. Oltinchi raundda u „Rekreativo“ darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritgan.

 
Aguero Atletiko Madridda

Atletiko Madrid

"Manchester Siti"

Argentina terma jamoasi

2010-yilning 4-yanvarida Aguero „Atletiko“ bilan shartnomasini 2014-yilgacha uzaytirgan hamda yiliga 5,8 million yevro maosh olishga kelishgan[7].

Londonning „Tottenxem“ klubi yanvar oyi oxirida „Atletiko“ga Agueroni 45 million yevro evaziga sotib olish taklifi bilan chiqqan. Biroq Madrid klubi futbolchini oʻzida saqlab qolib, xaridor jamoaga rad javobini bergan[8].

2011-yil may oyi oxirida Aguero „Atletiko“ni tark etishini eʼlon qilgan. Unga asosiy daʼvogarlar „Juventus“, „Real Madrid“ va „Manchester City“lar boʻlishgan[9].

"Manchester City" tahrir

 
Serxio Aguero 2011-2012-yilgi Angliya Premer-ligasidagi gʻalaba bayramida.

Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2011dagi chiqishlari tugaganidan soʻng, Aguero „Atletiko“ safiga qaytmagan, lekin „Atletiko“ va „Manchester City“ oʻrtasidagi muzokaralar natijalarini kutish uchun uyda qolgan. 26-iyul kuni Aguero shaxsiy shartnoma imzolash va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Manchesterga uchib ketgan. 28-iyul kuni u tvitterda „Manchester City“ futbolchisiga aylanganini va besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[10]. Agueroning transferi „Manchester City“ning eng qimmat xaridiga aylangan. Klub argentinalik futbolchi uchun 2008-yilda braziliyalik hujumchi Robinyo transferidan koʻra koʻproq pul toʻlagan, oʻshanda Serxio Agueroga „fuqarolar“ taxminan 37 million yevro sarflagan.

 
Serxio Aguero 2014-yil oktabr oyida CSKAga qarshi oʻyinda.

2015-yil 3-oktabr kuni Premer-liga oʻyinida Aguero „Newcastle United“ darvozasiga 20 daqiqada 5 ta gol kiritgan (6:1).

2016-yilning 16-sentabrida u „Manchester City“ bilan shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirgan[11].

2019-yilning 25-avgustida Aguero oʻzining professional faoliyatidagi 399 va 400-gollarini „Bornmut“ ustidan mehmondagi oʻyinida kiritgan[12].

2021-yilning 29-martida Agueroning shartnomasi tugashi munosabati bilan mavsum oxirida „Manchester City“ni tark etishi eʼlon qilingan[13]. 2021-yilning 21-mayida Aguero „Barcelona“ bilan ikki yillik shartnoma imzolashga rozi boʻlgani xabar qilingan[14].

"Barselona" tahrir

2021-yilning 31-mayida Aguero „Barcelona“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Shartnoma 2021-yil 1-iyuldan kuchga kirgan[15].

2021-yil 24-oktabrda Aguero Kataloniya klubi uchun Ispaniya chempionatida „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda ilk golini kiritgan[16].

2021-yil 30-oktabr kuni „Alaves“ga qarshi oʻyinda Aguero koʻkrak qafasidagi ogʻriq tufayli almashtirilgan. Tekshiruvda hujumchida taxikardiya aniqlangan[17].

2021-yilning 15-dekabrida Aguero yuragi bilan bogʻliq muammolar tufayli faoliyatini tugatganini rasman eʼlon qilgan[18].

Argentina terma jamoasi tahrir

 
Serxio Aguero Argentina terma jamoasida

2019-yilning yozida Serxio Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Guruh bosqichining uchinchi bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda u 82-daqiqada gol kiritgan va jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Uchinchi oʻrin uchun Chili bilan oʻyinda esa 11-daqiqada gol urgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, turnirning uchinchi jamoasiga aylangan.

Yutuqlar tahrir

Serxio Aguero milliy terma jamoa tarkibida 101 ta oʻyinda 41 ta gol kiritgan. 60 ta gʻalabaga erishib, 24 ta durang qayd etgan hamda 17 magʻlubiyatga uchragan.

Maʼlumotlari tahrir

  • Intertoto kubogi sohibi: 2007-yil
  • UEFA Yevropa ligasi gʻolibi: 2010-yil
  • UEFA Superkubogi gʻolibi: 2010-yil

Manchester City

  • Angliya chempioni (5): 2011-2012, 2013-2014, 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021
  • Angliya kubogi gʻolibi: 2018-2019
  • Angliya Superkubogi gʻolibi (3): 2012, 2018, 2019
  • Futbol Ligasi kubogi sohibi (6): 2013-2014, 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021
  • UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2020-2021

Argentina terma jamoasi

  • Amerika kubogi sohibi: 2021-yil
  • Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (2): 2005, 2007
  • Olimpiya chempioni: 2008-yil
  • Jahon chempionatining kumush medali sovrindori: 2014-yil
  • Amerika kubogi kumush medali sohibi: 2015, 2016
  • „Manchester City“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar: 254 ta gol
  • Angliya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi (7): 2013-yil oktabr, 2014-yil noyabr, 2016-yil yanvar, 2016-yil aprel, 2018-yil yanvar, 2019-yil fevral, 2020-yil yanvar[19]
  • Angliya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2014-2015
  • 2007-yil yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati toʻpurari (6 gol)
  • 2007-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi
  • 2007-yil FIFA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
  • Golden Boy mukofoti sovrindori: 2007EFE kubogi gʻolibi: 2008-yil
  • Chet el Premer-ligasi toʻpurari: 179 ta gol
  • Oltin butsa belgisi mukofoti sovrindori: 2014-2015
  • PFA muxlislari uchun yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil
  • Yilning PFA jamoasiga kiritilgan (2): 2017-2018, 2018-2019

Faktlar tahrir

  • U Argentina birinchi divizioni tarixidagi eng yosh futbolchi boʻlib, 15 yoshu 35 kunligida (2003-yil 7-iyulda „Independiente“ tarkibida „San Lorenso“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib, Diego Maradonaning rekordini yangiladi.
  • Aguero Ispaniya fuqarosi pasportiga ega[20]
  • U Diego Maradonaning qiziga uylangan[21]. 2009-yil 19-fevralda u ota boʻlgan.
  • „Kun“ taxallusi kelib chiqishining bir versiyasi: Serxio doimiy ravishda Kum Kum ismli bir yapon multfilmi qahramonini tasvirlashga harakat qildi, ammo aka-uka qahramonning ismini toʻgʻri talaffuz qila olmadi va bu „Kun“ boʻlib chiqdi[22].
  • U 15 ta sovrin bilan „Manchester City“ning eng titulli futbolchisi[23].
  • Angliya Premer-ligasida besh marta gʻalaba qozondi — bu turnir tarixidagi boshqa barcha janubiy amerikalik oʻyinchilardan koʻp[24].

Manbalar tahrir

  1. „The rise of Sergio Aguero“. BBC Sport (7-may 2008-yil). 1-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2013-yil.
  2. „Yes you Kun! New City star Aguero told he can use nickname on his shirt“. Daily Mail (18-avgust 2011-yil). 4-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2012-yil.
  3. Harris, Nick „Argentina 3 Brazil 0: Argentina in final after routing arch rivals – Olympics, Sport“. The Independent (20-avgust 2008-yil). 2-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2011-yil.
  4. Edwards, Luke „Sergio Aguero completes £35 million transfer to Manchester City“. Daily Telegraph (28-iyul 2011-yil). 10-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2013-yil.
  5. Markham, Carl „Manchester City move 'felt right' says Sergio Aguero“. Independent (2011-yil 29-iyul). 16-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2017-yil.
  6. „Aguero: „Slishal o svoyom sxodstve s Romario, kogda mne bilo tolko 16““. 5-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2022-yil.
  7. „Atletiko“ ofitsialno obʼyavil o prodlenii kontrakta s Aguero[sayt ishlamaydi]
  8. „Spurs fail in Aguero bid | Sky Sports | Tottenham Hotspur News | Football | Premier League“. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2011-yil.
  9. „Агуэро: «Я ухожу из „Атлетико“»“. 27-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2011-yil.
  10. „Sergio Aguero signs for Manchester City“ (inglizcha). Manchester City FC Official Website (28-iyul 2011-yil). 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2012-yil.
  11. „Серхио Агуэро продлил контракт с «Манчестер Сити»“. Eurosport (2016-yil 16-sentyabr). 27-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2016-yil.
  12. „Aguero reaches 400 goals for club and country“ (inglizcha). 7-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2019-yil.
  13. „Sergio Aguero to leave Manchester City at the end of the season“. BBC Sport (29-mart 2021-yil). 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  14. „Sergio Agüero agrees to join Barcelona on two-year contract“ (inglizcha). theguardian.com (21-may 2021-yil). 22-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  15. „«Барселона» объявила о переходе Агуэро“ (ruscha). sport24.ru. 2-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2021-yil.
  16. „Агуэро впервые забил за «Барселону» – в ворота «Реала»“. Sports.ru (24-oktabr 2021-yil). 24-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  17. „Нападающий «Барселоны» Агуэро может завершить карьеру из-за проблем с сердцем“. Championat. Championat.com (24-oktabr 2021-yil). 27-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  18. „Со слезами на глазах: легенда футбола завершил карьеру из-за больного сердца“ (ruscha). РИА Новости Спорт (15-dekabr). 15-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  19. „Aguero voted EA SPORTS Player of the Month“ (inglizcha). premierleague.com. 26-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2019-yil.
  20. Aguero poluchil ispanskiy pasport[sayt ishlamaydi]
  21. „Серхио Агуэро развёлся с дочерью Диего Марадоны“. 4-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2013-yil.
  22. „BBC SPORT | Football | Europe | The rise of Sergio Aguero“. 10-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  23. „Рекорд по количеству трофеев среди игроков «Ман Сити»“. 11-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2021-yil.
  24. „Рекорд по количеству трофеев АПЛ среди южноамериканских игроков“. 11-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2021-yil.