Cecil Rhodes

Britaniyalik ishbilarmon va siyosatchi
(Sesil Rodsdan yoʻnaltirildi)

Cecil Rhodes – Janubiy Afrikalik siyosatchi va tadbirkor, Britaniya imperializmi tarafdori, Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikadagi kolonial ekspansiyasi tashkilotchilaridan biri, baʼzi insonlar fikriga koʻra, „aparteid arxitektori“[1]. U 1890-1896-yillarda Kap koloniyasini boshqargan. Shimoliy Rodeziya (hozirgi Zambiya) va Janubiy Rodeziya (hozirgi Zimbabve) davlatlari Cecil Rhodes sharafiga nomlangan[2]. Uning sharafiga Janubiy Afrika universitetlaridan biri nomlangan. Shuningdek, Cecil oʻzining Britaniya hududlari orqali Kapdan Qohiragacha boʻlgan temiryoʻl gʻoyasini taklif qilgan va ushbu gʻoyani amalga oshirishning ashaddiy tarafdori hisoblangan[3].

Cecil Rhodes
inglizcha: Cecil John Rhodes
Kap koloniyasi bosh vaziri
Mansab davri
1890-yil 17-iyul – 1893-yil 3-may
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1853-yil 5-iyul
Bishop-Stratford, Hertfordshire, Buyuk Britaniya
Vafoti 1902-yil 26-mart
Muizenberg, Keyptaun, JAR
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Millati ingliz
Dini anglikan cherkovi

Rhodes 1853-yilda Hertfordshireda tugʻiladi. Yoshligidan kasalmand boʻlgani uchun, oila aʼzolari 17 yoshida Afrika havosi unga foyda beradi degan maqsadda Rhodesni Janubiy Afrikaga joʻnatishgan. 1871-yilda, 18 yoshga toʻlganida Cecil Kimberli shahrida olmos savdosi bilan shugʻullana boshlagan. Keyingi 20 yil ichida esa dunyo olmos bozorini egalladi. Rhodes tomonidan 1888-yilda asos solingan De Beers olmos kompaniyasi XXI asrda ham mashhurdir.

Rhodes 1880-yilda, 20 yoshida Kap parlamenti tarkibiga kiradi. 10 yil oʻtib esa bosh vazir lavozimiga koʻtariladi.

Cecil Rhodesning siyosat va biznesdagi asosiy gʻoyalaridan biri anglosakson millatining, 1877-yilgi xatda yozib oʻtganidek, dunyodagi birinchi va eng mukammal millat ekanligini taʼkidlash edi[4]. Rhodes oʻzining „dunyoda bizning millat qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi“ degan fikriga tayanib, britanlarning kolonial hududlarga koʻchib oʻtishining ashaddiy tarafdori boʻlgan va yakunda Britaniya imperiyasining har bir komponenti mustaqil ravishda oʻz siyosatini olib borishi va barcha hududlar vakillari Londondagi yagona imperiya parlamenti tarkibiga kirishi kerakligini orzu qilgan. Tarixchi Richard McFarlane Cecil Rhodesni „Janubiy Afrika va Britaniya imperiyasi tarixining ajralmas boʻlagi“ deb taʼkidlagan va uni AQSh tarixida oʻchmas iz qoldirgan George Washington va Abraham Lincolnga tenglashtirgan[5]. Soʻnggi paytda Rhodes shaxsiyati juda koʻplab tanqidlarga uchramoqda: baʼzi tarixchilar uni imperializmning ashaddiy himoyachisi va oq tanlilarning ustunligi tarafdori sifatida ayblashmoqda, aktivistlar esa uning haykallarini yoʻq qilishni talab qilmoqda[6].

Kelib chiqishi

tahrir

Cecil Rhodes 1853-yilda Hertfordshire, Angliyada tugʻiladi. Francis William Rhodes va Louisa Peacockning beshinchi farzandi edi. Otasi Angliya cherkovi ruhoniysi boʻlgan. Francis esa oʻz navbatida William Rhodes (1774-1843) toʻngʻich farzandi edi. William Rhodes gʻisht ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.

Yoshligi

tahrir

Angliya va Jersi

tahrir

Rhodes 9 yoshidan boshlab grammatika maktabiga qatnay boshlagan, lekin astma kasalligi tufayli 1869-yilda oʻqishdan chetlashtirilgan va Basil Williamsga koʻra „oʻqishini otasi qoʻlida davom ettirgan“[7].

1861-yilgi aholini hisoblash paytida u ammasi Sophia Peacock bilan Jersida yashaganligi yozib qoldirilgan. Jersining havosi va tabiati bronxial astma bilan kasallanganlar uchun foydali hisoblangan. Otasi Rhodesning kasalligi yuqumli boʻlishidan va Janubiy Afrikaga dengizorti sayohati unga foyda berishi mumkin deb oʻylab uni chet elga joʻnatishga qaror qilgan.

Janubiy Afrika

tahrir

Janubiy Afrikada Rhodes ammasi Sophianing mablagʻlari evaziga yashadi[8]. Natal bosh inspektori Piter Sazerlend xonadonida oz muddat istiqomat qilgan Rhodes qishloq xoʻjaligi sohasiga qiziqib qolgan. Rhodes akasi Herbertning Nataldagi Umkomazi vodiysida joylashgan paxta fermasida ishlay boshladi. Yerming paxta yetishtirish uchun yaroqsiz ekanligi tufayli aka-ukalarning boshlagan ishi darhol kasodga uchradi.

1871-yilning oktabr oyida 18 yoshli Rods va 26 yoshli akasi Gerbert koloniyani tark etadi va Shimoliy Kap provinsiyasining Kimberli shahriga, olmos qazib olish hududlariga yoʻl oladi. Rothschild & Co kompaniyasi tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlangan Rhodes keyingi 17 yil davomida Kimberlidagi barcha mayda olmos ishlab chiqaruvchi korxonalarni sotib olishga erishadi.

1890-yilda Rhodesning Londonda joylashgan Diamond Syndicate kompaniyasi bilan strategik sherikchilik haqida imzolangan shartnomasi tufayli u olmos yetkazib berishda monopol huquqlarga ega chiqadi[9].

Taʼlimi

tahrir

1873-yilda u oʻz fermasini doʻstining qaramogʻiga qoldirdi va oʻqish uchun Angliyaga joʻnab ketdi. U Oriel Collegega oʻqishga qabul qilinadi, lekin u yerda faqatgina bir semestr oʻqiydi. U Janubiy Afrikaga qaytib ketadi va Oksfordga to 1876-yilga qadar qaytib bormagan. Rhodes John Ruskinning Oksfordda soʻzlagan inauguratsiya nutqidan juda ilhomlangan va ushbu nutqdan soʻng u Britaniya imperializmining ashaddiy tarafdoriga aylandi.

Brilliantlar va De Beersga asos solinishi

tahrir
 
De Beers Consolidated Mines Ltd.tomonidan 1902-yil 1-mart kuni chiqarilgan aksiya
 
Cecil Rhodesning Violet Manners tomonidan chizilgan surati.

Oksfordda taʼlim olish bilan bir vaqtda Rhodes Kimberlida ham ancha muvaffaqiyatga erishdi. Cecil Oksfordga ketishidan oldin u doʻsti bilan birgalikda yana ham kattaroq loyiha, De Beersga investitsiya kiritish maqsadida boshqa shaharga koʻchib oʻtishadi. Kompaniya Johannes Nicholas de Beer va uning ukasi Diederik Arnoldus de Beer sharafiga nomlangan[10].

1839-yilda ushbu hududda istiqomat qiluvchi grikva qabilasi sardori David Danserdan katta hududdagi yerni sotib olgach, David Stephanus Fourie de Beers va boshqa yevropaliklarga yerga ishlov berish huquqini beradi. Ushbu yerlar Modder daryosidan Vaal daryosigacha choʻzilgan edi[11].

1974-1975-yillarda olmos konlari va umuman olganda olmos sanoatida pasayish kuzatilgan edi, ammo Rhodes va uning doʻsti Rudd ushbu sohada oʻz manfaatlarini mustahkamlash maqsadida qolishdi. Ular tuproqning yumshoq sariq ust qismidan soʻng topilgan kimberlit qatlamida juda koʻplab olmoslar boʻlishiga ishonishgan. Bu davrga kelib shaxtani toʻldirgan suvni yoʻq qilish haqiqiy muammoga aylanadi. Rhodes va Rudd 3 ta asosiy shaxtadan suvni chiqarib olish uchun shartnomani qoʻlga kiritishadi. Rhodes Oksforddan qaytib kelgandan soʻng Robert Gremm bilan birga istiqomat qilgan. Keyincha Gremm Rhodes va Ruddning biznes hamkoriga aylandi [12].

1888-yil 13-martda Rhodes va Rudd bir qator shaxsiy talablarda oʻzaro kelishuvga erishishgandan soʻng De Beers Consolidated Minesga asos solishadi. 200 000 funt sterling kapitalga ega boʻlgan kompaniya kondagi eng katta ulushga ega edi (1880-yilda 200 000 funt sterling = 2020-yilda 22,5 million funt sterling)[13]. Kompaniya asos solinganda Rhodes uning taʼsischisi lavozimiga tayinlanadi.

Rhodes stipendiyasi

tahrir
 
Rhodesning Oksforddagi uyi, 2004-yil

Oʻzining soʻnggi vasiyatnomasida Rhodes oʻz sharafiga nomlangan stipendiya joriy etishni tayinlaydi. Yarim asr davomida hukumatlar, universitetlar va alohida shaxslar tomonidan ushbu maqsadda sayohat uchun stipendiyalar taʼsis etiladi. Rhodes stipendiyasi uchun belgilangan talablar mavjud edi[14]. Stipendiya Britaniya boshqaruvi ostidagi yoki oldin Britaniya boshqaruvi ostida boʻlgan hududlar va Germaniyaning erkak jinsiga mansub talabalarga Rhodesning alma materi, Oksford universitetida taʼlim olish imkonini beradi. Rhodesning maqsadi liderlikni targʻib qilish va millatlar oʻrtasidaga doʻstlikni mustahkamlash orqali urush holatlarini yoʻq qilish boʻlgan[15][16].

Manbalar

tahrir
  1. Stephen Castle. „Oxford University Will Keep Statue of Cecil Rhodes“ (en). The New York Times (2016-yil 29-yanvar). — „For months, the authorities at Oxford University have struggled with an awkward dilemma over the fate a statue of Cecil Rhodes, an imperialist benefactor seen by many as an architect of apartheid.“. 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-sentyabr.
  2. „Why is Cecil Rhodes such a controversial figure?“. BBC. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-sentyabr.
  3. Rönnbäck, Broberg 2019, s. 30.
  4. Rhodes 1902, s. 58.
  5. McFarlane 2007.
  6. Paul Maylam, The Cult of Rhodes – Remembering an Imperialist in Africa (2005) p. 6.
  7. Williams 1921.
  8. Flint 2009.
  9. Knowles 2005.
  10. „FAMOUS PEOPLE IN THE DIAMOND INDUSTRY“. Cape Town Diamond Museum. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
  11. Rosenthal 1965.
  12. Rotberg 1988, ss. 76-.
  13. „Purchasing Power of Pound“. Measuring Worth (1971-yil 15-fevral). 2008-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  14. Tamson Pietsch, „Many Rhodes: Travelling scholarships and imperial citizenship in the British academic world, 1880—1940.“ History of Education 40.6 (2011): 723—739.
  15. Rhodes 1902, ss. 23–45.
  16. Philip Ziegler, Legacy: Cecil Rhodes, the Rhodes Trust and Rhodes Scholarships (Yale UP, 2008) online review

Adabiyotlar

tahrir

Monografiyalar

tahrir

Ensiklopediyalar

tahrir

Maqolalar

tahrir

Veb-saytlar

tahrir
  • PBS: Empires; Queen Victoria; The Changing Empire; Characters : Cecil Rhodes
  • Godwin, Peter (1998-01-11). „Rhodes to Hell“. Slate. Qaraldi: 2007-01-07.

Memuarlar

tahrir

Havolalar

tahrir