Shamsuddin kulol
Shamsuddin kulol, Shamsiddin Kulol (?— 1360-yilgacha, Kesh) — shayx. Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri. "U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga (ziyorat uchun) teztez borib turardi", deb yozadi Ali Yazdiy. Sh.K. tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga qam hurmat bilan qaragan. Sohibqiron Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Sh.K. qabrini ziyorat qilib turgan.
1373—74 y. Amir Temur Sh.K. qabri yonida bir gumbazmaqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Sh.K. qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi (qarang Shamsuddin Kulol maqbarasi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |