Shamsuddin kulol maqbarasi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Amir Temurning otasi Amir Taragʻoy va Temurning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga bunyod etilgan. Goʻrxonaning tarhi toʻrtburchak (12,1x10,6 m) shaklda, pishiq gʻishtdan qurilgan, toʻrdagi devori ravoqli toqchalardan tashkil topgan. O'ymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir hisoblanadi. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi 20-asr boshlarida buzib tashlangan, oʻrni bir ustunli tekis tom bilan taʼmirlangan. Shayx Shamsuddin kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi meʼmoriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — oʻzaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklari meʼmoriy uslubga muhim taʼsir koʻrsatgan[1].

Shamsuddin Kulol maqbarasi

Shamsuddin Kulol maqbarasi (chap)
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Turi maqbara
Joylashuvi Ipak yoʻli 89-uy
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar ,
Qurilishi boshlangan 1373-yil
Qurilishi tugagan 1374-yil
Buzilgan sana 20-asr
Shamsuddin Kulol maqbarasi

Joylashuvi

tahrir

Shamsuddin kulol maqbarasi „Dorut Tilovat“ majmuasi tarkibida joylashgan. Dorut Tilovat soʻzining maʼnosi „tilovat qiluvchilar“ deganidir.

Tuzilishi

tahrir
 

Goʻrxona toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, umumiy maydon 12.1x10.6 metrni tashkil etadi. Inshoot toʻlaligicha pishiq gʻishtdan barpo etilgan. Kirish eshigi gullar bilan oʻymakorlik asnosida yaratilgan. Unda islimiy naqsh va kufiy yozuvlari joy olgan. Yogʻoch darvoza buxorolik ganjkor ustalar tomonidan tayyorlangan.

Maqbaraning qirrador gumbazi mavjud boʻlgan. Ammo 20-asrda mazkur gumbaz qulab tushadi va keyinchalik uning oʻrniga oddiy tekis tom oʻrnatiladi[2].

Shamsiddin kulolning koʻmilgan hujrasi ham koʻfiycha yozuvlar bilan bezatilgan boʻlib bu asosiy bino hisoblanadi. Ikkinchi bino esa shakldor gʻishtlardan qad rostlagan. Oʻz davrida masjid darvozalari, ibodat qilish uchun maxsus joylar, tahorat olish uchun sakkiz qirrali hovuz, shu bilan birgalikda, balandligi 10.5 metrga teng boʻlgan minora barpo etilgan. Maqbara atrofida marmar zina-poyali kichik bogʻ va gʻishtin yoʻlaklar mavjud boʻlgan.

Tarixi

tahrir

Mazkur maqbaraning qurilishi Amir Temurning farmoni bilan 1373-yilda boshlangan. Qurilish ishlari 1374-yilda nihoyalangan. Maqbara va majmua tarkibiga kiruvchi Miro Ulugʻbek tomonidan barpo etilgan Gumbazi sayidon maqbarasi ham bir nechta hujralardan tarkib topgan. Bu yerda Amir Temurning otasi Muxammad Taragʻay va Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin kulolning qabrlari joylashtirilgan[3].

Taʼmirlanishi

tahrir

Ilk mustaqillik yillarida kogonlik dindorlar va naqshbandiya tariqati yetakchilari tomonidan Shamsiddin kulol dafn etilgan joyga yaqin hududda birmuncha oddiy maqbara bunyod etilgan. Ammo, avliyoning ayni koʻmilgan joyi aniqlanmay qolgan. 2008-yilda ayni hudud aniqlanib shu yerdagi 6 gektar maydonda ikki qavatli maqbara barpo etilgan[4].

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Shamsuddin Kulol maqbarasi“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI HAQIDA BILASIZMI?“. legacy.uz. Qaraldi: 08-2023.[sayt ishlamaydi]
  3. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
  4. „Sayid Amir Kulol maqbarasi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.