Shamsuddin kulol yoki Shamsiddin Kulol (?— vafoti 1360-yil, Kesh) – shayx. Sharafuddin Ali YazdiyZafarnoma“ asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri.

Shamsuddin kulol
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1360-yil
Dini Islom

„U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga (ziyorat uchun) tez-tez borib turardi“, deb yozadi Ali Yazdiy.

Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga ham hurmat bilan qaragan. Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373–1374-yillarda Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbaz-maqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Shamsuddin kulol“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil