Shamsiddin Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy (arab. شمس الدين السمرقندي; taxminan 1250–1310) XIII asrda yashagan samarqandlik astronom.

Shamsiddin Samarqandiy
Tavalludi 1250,
Samarqand
Vafoti 1310
Kasbi matematika, astronomiya

Hayoti va ijodi tahrir

XIII-XIV asrlarda yashab ijod qilgan Shamsiddin Samarqandiy hayoti haqida juda kam maʼlumotlar mavjud. U ilohiyot, mantiq, falsafa, matematika va astronomiya boʻyicha oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlgan asarlar yozgan. Uning “Risola fi adab al-bahs” nomli risolasi qadimgi yunonlar qo‘llagan dialektik fikrlashning muhokamasidir. U “Astronomiya konspekti” asarini ham yozgan va 1276–1277 yillarda yulduzlar katalogini yaratgan.


Samarqandiy 20 sahifalik kichik bir risola yozib, unda Yevklidning 35 ta fikrini muhokama qilgan. U mazkur asarini tayyorlashda boshqa musulmon matematiklar, xususan, Ibn Haysam, Umar Xayyom, Abbos ibn Said Javhariy, Nosiriddin Tusiy, Asiriddin Abhoriy asarlariga ham murojaat qilgan.

Manbalar tahrir