Shari (daryo)
Shari — Markaziy Afrikadagi dare. Uam va Gribingi daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Logone daryosi bilan yagona delta hosil qilib Chad kuliga quyiladi. Uzunligi 1450 km, havzasining maydoni 700 ming km². Yozgi seryomgʻir mavsumda, oʻrta va quyi oqimlarida esa kuz oylarida suvi koʻpayadi. Oʻrtacha suv sarfi 1230 m³/sek. Batangafo sh. gacha kema qatnaydi. Daryodan baliq ovlanadi. Sh. boʻyida Chad poytaxti Njamena sh. joylashgan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |