Shaukat Galiyev
Shaukat Galiyev (asl ism-sharifi Shavkat Galievich Idiyatullin, tatarcha: Шәүкәт Гали улы Һидиятуллин, Şəwkət Ğali uğlı Hidiətullin ; 1928- yil 20-noyabr, Katta Bakrchi, Buin kantoni, Tatar ASSR — 2011- yil 7-may, Qozon) — taniqli tatar yozuvchisi, shoiri. XX asr ikkinchi yarmi tatar bolalar adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri sanaladi.
Shaukat Galiyev | |
---|---|
Tavalludi |
Шаукат Галей улы Идиятуллин 20-oktyabr 1928-yil |
Vafoti |
7-may 2011-yil (82 yoshda) |
Kasbi | Yozuvchi, shoir |
Tarjimai hol
tahrir1928-yil 20-noyabrda Tatar Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasining Buin kantonining Katta Bakrchi qishlogʻida (hozirgi Tatariston Respublikasi Apastov tumani, Bakrchi qishlogʻi) qishloq doʻkoni savdo bilan shugʻullanuvchilar oilasida tugʻilgan. Otasi (Galiulla Idiyatullin, 1904-1943) va onasi (Xalima-Minlebika Zinnatullina, 1905-1976) kolxoz ishchisi boʻlgan.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida yetti yillik maktabni tamomlagan (1943), oʻsmirlik chogʻida kolxozda brigadir yordamchisi, yogʻoch tayyorlash brigadiri, hisobchi, tuman statisti boʻlib ishlagan.
Nashr etilmagan ma’lumotlarga koʻra, Shaukat Galiyev oʻzining ilk she’rini urush oxirida, 13 yoshida yozgan. Uning ilk nashri 1948-yilda respublika “Sovet әdәbiyati” (“Sovet adabiyoti”) jurnalida chiqqan. U urushda halok boʻlgan otasi xotirasiga Galiyev taxallusi bilan ijod qila boshlagan.
1949-yilning mart oyida Sh.Galiyev mas’ul kotib etib tayinlanadi va qisqa muddatdan soʻng “Kolxoz brigadasi” gazetasiga muharrir boʻladi.
1953-yil kuz oylarida Shaukat Galiyev Qozonga “Chayon” xajviy-kulgu jurnalining adabiy xodim sifatida ishga taklif qilinadi va u yerda boʻlim mudiri lavozimida faoliyat olib boradi. Ish bilan bir qatorda Shaukat oʻqishni davom ettiradi va 1956-yilda ishchi yoshlar uchun oʻrta kechki maktabni tugatadi.
1958-yilda Shavkat Galiyev SSSR Yozuvchilar uyushmasiga a’zo boʻladi.
1959—1961-yillarda SSSR Yozuvchilar uyushmasining Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olib, bitiradi. U kurslarni tugatgandan keyin 1971-yilgacha u professional yozuvchilik faoliyati bilan mashgʻul boʻladi.
1971-yildan Shaukat Galiyev Tatar Kitob Nashriyotida badiiy adabiyotlar boʻlimi bosh muharriri lavozimida 1984-yilgacha 13 yil ishlagan.
Sh.Galiyev uzoq yillar mobaynidaTatariston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilish kengashi raisi, Tatariston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti boʻlimi mudiri boʻlgan. “Sabantuy” gazetasi va “Sabiga” jurnali tahririyati a’zosi, Hasan Toʻfon ijodiy merosi hay’ati raisi sifatida ham faoliyat yuritgan[1].
U koʻplab milliy va xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan. “Shavali”, “Ajablanarli va kulguli hodisalar”, “Ajoyib”, “Totli uy”, “Qutbutdin—abjir kamonchi”, “Dadam bilan kabinetda” kitoblari uchun 1972-yilda Gʻabdulla Toʻqay nomidagi Respublika mukofoti faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.
1982-yilda „Quyonvoy mashq chogʻida“ kitobini rus tiliga tarjima qilingani uchun u Xans Kristian Andersen xalqaro mukofotiga sazovor boʻladi.
1995-yilda Shaukat Galiyevga tatar adabiyoti rivojlanishiga qoʻshgan xizmati uchun Tatariston Respublikasi Xalq shoiri faxriy unvoni beriladi.
Shaukat Galiyev 2011-yil 7-mayda 83 yoshida vafot etadi, Qozon shahridagi tatar qabristoniga dafn etiladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Кто есть кто“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2012-yil.
- ↑ „Шәүкәт Галиев вафат | Матбугат.ру“. 2013-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2016-yil.