Shayboniylar daxmasi (Samarqand)

Shayboniylar daxmasi — oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi. Shayboniylar oʻzbek sulolasi vakillari dafn etilgan daxma — marmar sufa. XVI asrda bunyod etilgan. Oʻzbekistonda Samarqandning Registon maydonida joylashgan.

Shayboniylar daxmasi

Shayboniylar daxmasi
Joylashuvi Registon maydoni, Samarqand, Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°39′19″N 66°58′34″E / 39.655374203833816°N 66.97621080938472°E / 39.655374203833816; 66.97621080938472 G OKoordinatalari: 39°39′19″N 66°58′34″E / 39.655374203833816°N 66.97621080938472°E / 39.655374203833816; 66.97621080938472 G O
Konfessiya islom
Turi xilxona
Qurilish boshlanishi XVI asr
Holati davlat himoyasida
Balandligi 10–11 metr
Qurilish materiali marmar va pishgan gʻisht
Map
Shayboniylar daxmasi xaritada

Daxmaning har bir tomoni uzunligi 10—11 metrlar boʻlib, ustida 36 qabrtosh mavjud boʻlgan. Dastlab Mehr Sulton xonim koʻrsatmasi bilan Shayboniyxon madrasasi hovlisining oʻrtasida joylashgan qabrlar alohida oilaviy daxma — baland marmar sufa koʻrinishiga keltirilgan[1]. Bibixonim masjidiga olib boriladigan yoʻl ochilganda daxma 70—80 metrlar janubi sharqqa koʻchirilgan. Uning egallab turgan maydoni ancha qisqargan. 1960—1962-yillarda shaharni qayta taʼmirlashda daxma ikkinchi marta — Registon maydoniga koʻchirilgan.

Muhammad Shayboniy qabrtoshi. Sankt-Peterburg. Ermitaj

Unga avval 1504-yilda shahid boʻlgan Mahmud Sulton birinchi dafn etilgan. 1509-yilda Buxorodan Muhammad Shayboniyning onasini Oq Qoʻzi begimning jasadi koʻchirib kelib dafn etilgan. 1510-yilda Muhammad Shayboniy oʻzi, 1511-yilda Mahdiy, Hamza hamda Abulxayr sultonlar, 1514-yilda Muhammad Temur sulton, 1526-yilda Yodgor sulton, 1530-yilda Shoh Sulton xonim, 1535-yilda Shaxribonu xonim, 1545-yilda Qutlugʻ Muhammad sulton, 1586-yilda Suyunch Muhammad sulton va boshqa shayboniy sultonlar va malikalar dafn etilganlar[2].

Shayboniylar daxmasi Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan[3].

Manbalar tahrir

Adabiyot tahrir

  • Abu Tohirxoja Samarqandiy. Samariya (Samarqand mozorlari zikri). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009 — 208 bet. ISBN 978-9943-08-382-0. 
  • Muqimov Z.. Shayboniylar davlati va huquqi (Tarixiy-huquqiy tadqiqot). Toshkent: Adolat, 2007 — 156 bet. ISBN 978-9943-332-04-2.