Shayx Sirojiddin Kulol Pirmasiy

Shayx Sirojiddin Kulol Pirmasiyavliyo va muhaddis. Shayx Sirojiddin Kulol Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi Pirmas qishlog‘ida tavallud topgan. Kasbi kulolchilik bo‘lgan[1]. “Rashahot” asarida yozilishicha, Shayx Sirojiddin avval Sayid Mir Kulolning o‘g‘li Amir Hamzadan, keyin esa Hazrat Bahouddindan saboq olgan. Xoja Ubaydulloh Ahror yigirma ikki yoshida Samarqanddan Buxoroga keladi va Shayx Sirojiddin Pirmasiy bilan hamsuhbat bo‘lib, undan taʼlim olgan. Sirojiddin Pirmasiy tuni bo‘yn zikr etib, kunduzi yana kulolchilik bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Hazrat Mavlono Sirojiddin Hiraviy ham Pirmasiy bilan xamsuhbat bo‘lganliklari haqida “Rashahot”da yozilgan. Maʼlumki, Mavlono Sirojiddin Hiraviy o‘z zamonasining allomasi bo‘lib, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida mudarris bo’lgan. Bu zot juda ko’p avliyo, alloma, donishmandlar bilan uchrashgan, suhbat etgan. Sirojiddin Hiraviy der ekanlarki: “Hazrat Sirojiddin Pirmasiy garchi madrasa ko‘rmagan bulsalar-da, lekin bu zoti sharif suhbatlarida halovat, huzur bor ediki, bunday halovat, huzur boshqa ko‘plab donishmandlar suhbatida yo‘qdir”. Shayx Sirojiddin Pirmasiyga Alloh taolo karomat ato etgan ekan. U uyiga mehmon kelayotganini oldindan bilar ekan. Mavlono Saʼdiddin Qoshgariy ham Hazrat Sirojiddin Pirmasiy bilan suhbatlashgan. Xojayi Kalon Jo‘yboriy Shayx Sirojiddin Pirmasiyning tug‘ilgan qishloqlari Pirmasda ulkan masjid qurdirgan ekan. Ayni shu kunlarda bu jome masjidi taʼmirtalabdir. Shayx Sirojiddin Pirmasiyning qabrlari G‘ijduvon tumani, Labi Ro‘d qishlog‘idadir. U yerda mozor bor. Mozorning qibla tomonida toshmasjid taʼmirlanib, namozxonlar ixtiyoriga berilgan[2].

Avliyo

Ism

Shayx Sirojiddin Kulol Pirmasiy

Tavalludi


Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.