Shayx Xovandi Tohur majmuasi
Shayx xovandi tohur majmuasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15— 19-asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-asrda koʻhna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqli, darchalariga koshinkori panjaralar oʻrnatilgan; xonalar gumbazlar bilan yopilgan, goʻrxonaning qoʻshqavatli gumbazi 12 qirrali asosga oʻrnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-asr) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshon quli dodho madrasasi saqlanmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |