Shayx qalandar bobo majmuasi (yoki Sho qalandar bobo majmuasi, Shoqalandar bobo majmuasi) – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Majmua qurilishi XVI asrda boshlangan boʻlib, 1894-yilda nihoyasiga yetkazilgan. Bugungi kunda u „Yangi turmush“ MFY, Ismoilov koʻchasi, 36-uyda joylashgan.

Shayx qalandar bobo majmuasi
Shoqalandar bobo majmuasi
Umumiy maʼlumot
Turi Majmua
Manzili „Yangi turmush“ MFY, Ismoilov koʻchasi, 36-uy
Shahar Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°24′28″N 60°26′16″E / 41.40778433888343°N 60.43778063767224°E / 41.40778433888343; 60.43778063767224
Qurilishi boshlangan XVI asr
Qurilishi tugagan 1894-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Avesto meʼmoriy majmuasi xaritada

Shayx qalandar bobo majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi va qurilish uslubi

tahrir

Shayx qalandar bobo majmuasi XVI asrda Shoh amaldorlaridan boʻlgan Rahmatulla yasovulboshi tomonidan qurila boshlangan va 1894-yilda Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bikajon Bika tomonidan nihoyasiga yetkazilgan.

XVI asrda yashagan Shayx Qalandar bobo maqbarasi atrofida madrasa, masjid, minoradan iborat majmua barpo etilgan. Madrasaga 3 ta gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning 3 ta xonasi darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Peshtogʻi shimolga qaragan, uning 2 burchagida guldastalar qad koʻtargan. Minora (balandligi 18 m, asosining diametri 6 m) peshtoqdan 4 m narida, bosh tarzi madrasaning markazida joylashgan. Uning belbogʻiga gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Maqbaraning 3 ta xonasidan bizgacha faqat ziyoratxona saqlanib qolgan[3].

Boshqa bir manbaga koʻra, Shayx qalandar bobo majmuasi bir qavatli madrasa va minoradan iborat boʻlib, u XIX asr oxirida Shayx qalandar bobo dafn qilingan joyda bunyod etilgan. Rivoyat qilinishicha, Shayx qalandar bobo yoki Sha qalandar bobo Soʻfiylar shayxi boʻlgan va ikki darvesh akasi bilan Xiva shahriga iymon izlab kelgan. Aka-ukalarga bu shahar yoqib qoladi va ular Xivada qolishadi. Shayx qalandar bobo tasavvuf ilmidan dars bergan shahar aholisi unga minnatdorchilik tarzida ushbu majmuani bunyod etadi. Majmuadagi Shayx qalandar bobo maqbarasi Shayx qalandar bobo madrasasi va Bikajon Bika madrasasining janubi-gʻarbiy tomonida joylashgan.

Majmuada 1997-yilda bir gumbazli portal va qabr qayta taʼmirdan chiqarilgan[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir