Shayx Mavlon bobo majmuasi
Shayx Mavlon bobo majmuasi — Xorazm viloyati, Xiva tumani, eski Qiyot qishlogʻi yaqinida joylashgan masjid, qabriston hamda minora majmuasidan iborat tarixiy obyekt. XIX asrda dastlab qabriston boʻlgan ushbu hududda Olloqulixon buyrugʻi bilan minora, masjid va madrasa qad rostlagan. Majmuaning asosi boʻlgan qabristonda Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogohiy hamda uning amakisi, Xiva xonligida kotiblik qilgan tarixchi va tarjimon Shermuhammad Munisning qabrlari mavjud[1]. Majmua UNESCOning Butunjahon merosi obyekti roʻyxatiga kiritilgan. Ayni paytda bu majmua Ichan qalʼa muzey qoʻriqxonasi tarkibiga ham kiradi[2].
Shayx Mavlon bobo majmuasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Butunjahon merosi obyekti |
Turi | Majmua |
Manzili | Qiyot qishlogʻi |
Shahar | Xiva tumani |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 41°25′34″N 60°22′23″E / 41.426106861794°N 60.37315300976579°E |
Qurilishi boshlangan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Balandligi | |
Balandligi | 11 m |
Binoning ichki maydoni | 120 m2 |
Tarixiy obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[3].
Rekonstruksiya qilinishi
tahrirShayx Mavlon bobo majmuasida joylashgan Ogahiyning qabri bor maqbara 1989—1999-yillarda rekonstruksiya qilingan boʻlib, sahni 120 kv metr, balandligi 11 metrni tashkil etadi. Majmua 1999-yilda Ogohiyning 190 yillik hamda 2010-yildagi 200 yillik yubileyi munosabati bilan ham taʼmirlangan[4].
2021-yilda Xorazm Maʼmun akademiyasiga qarashli „Janubiy Orolboʼyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarining qurilish materiallarini sinash va taʼmirlash laboratoriyasi“ boʻlimi xodimlari koʻplab tarixiy obyektlar qatorida Shayx Mavlon bobo majmuasida ham yer ostki va yer ustki konstruktiv holatlarini monitoring qilish ishlari olib borgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Шермуҳаммад Мунис Хоразмий“. xorazmiy.uz. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Хива Ичан Қалъа Музейқўриқхонаси ҳақида — У ким, бу нима“ (uz-UZ). QOMUS.INFO. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Хива - Комплекс Шейх Мавлон Бобо“ (ru-RU). Turkestan Travel. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.