Dmitriy Ivanovich Shcherbakov

(Shcherbakov Dmitriy Ivanovichdan yoʻnaltirildi)

Shcherbakov Dmitriy Ivanovich (1893.1.1, Novozibkov, hozirgi Bryansk viloyati1966.25.5, Moskva) — geolog va geokimyogar, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1953). V.I. Vernandskiy va A.Ye.Fersmannat shogirdi. Tavriya (hozirgi Simferopol) universitetni tugatgan (1922). 192838 yillarda TojikistonPomir, soʻngra Oʻrta Osiyo ekspeditsiyalarida ishlagan. 1930—38 yillarda M.V. Lomonosov nomidagi geokimyo instituti, 1938—41 yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Geologiya fanlari institutida ishlagan. Butunittifoq mineral xom ashyosi institutida sektor ilmiy rahbari (1943—48). SSSR Fanlar akademiyasi geologiyageografiya fanlari boʻlimi akad,kotibi (195363). 1963 yildan SSSR Fanlar akademiyasi Ruda konlari geologiyasi, petrografiya, mineralogiya va geokimyo institutida ilmiy rahbar, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kola yarim orol, Baykal ortida geologik tadqiqotlar olib borgan. Ilmiy ishlari nodir elementlarga bagʻishlanib, Qirgʻizistonda surma va simob, Qoraqumda tabiiy oltingugurt, Kavkazda molibden, volfram va mishyak konlarini ochishda asos boʻlib xizmat qildi. Davlat mukofoti laureati (1965). Niobiy va tantal silikati Sh. nomi bilan shcherbakovit deb atalgan.