Shemaxaqalʼa - Xorazmning 13-14-asrlardagi yirik savdohunarmandchilik markazi xarobasi. Ustyurt platosining jan.sharqida, Koʻhna Urganchdan 50 km gʻarbda joylashgan. Barpo etilgan davri aniq belgilanmagan. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiyakompleks ekspeditsiyasi tomonidan 1946 va 1948 yillarda tekshirish ishlari olib borilgan. Sh. 2 kismdan iborat. Qad. qismida toʻgʻri burchak hosil qilib kesishgan koʻchalar boʻlgan. Paxsadan bunyod etilgan mudofaa devorining jan. tomonida minoralari va darvozasi boʻlgan. Shaharning chekka qismidagi mahallalar Oltin Oʻrda davrida vujudga kelgan. Shahar markazida tosh bloklardan yasalgan jome masjidi va amaldorlarning uylari joylashgan. Shahar atrofida hunarmandlar mahallalari boʻlgan.