Shergiron darvozasi — Buxoro darvozasi.

Shergiron darvozasi
Joylashuvi
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Qurdirgan hukmdor Abdullaxon II
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Map
Shergiron darvozasining oʻrni xaritada
Shergiron darvozasi (Buxoro)

Tarixi

tahrir

Shergiron darvozasi Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Shergiron darvozasi Shirgaron darvozasi deb ham atalgan. Chashmayi Ayub va Xiyobon dahalariga shu darvozadan kirilgan[1]. Darvoza qurilgan joyda qadimda sherlarni saqlaydigan qo‘riqxona bo‘lgan va ular urushda foydalanish uchun o‘rgatilgan. Shu bilan birga, podshohlar sherlardan xazina qo‘riqchisi sifatida ham foydalanganlar. Podshohlar saroyida sherlar haykali o‘rnatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar an-Narshaxiyning kitobida yozilishicha, Amiri shahid Ahmad Ismoil as-Somoniy hukmdorning bir odati bor bo‘lib, uning saroyida bir sher bo‘lgan. Har kecha amir yotadigan eshik yonida sher zanjir bilan bog‘lab qo‘yilar edi. Kim u uyga kirmoqchi bo‘lsa, sher uni halok qilar edi. Bir kuni amir g‘amgin bo‘lganida uning yaqin kishilari u bilan band (mashg‘ul) bo‘lib, sher (qo‘riqchi)ni olib kelish eslaridan chiqqan. Natijada amir uxlab yotganida uning qullaridan bir to‘dasi kirib, amirning boshini tanasidan judo qilishadi. Bu voqea 914-yil 12-yanvarda sodir bo‘lgan. Uni Buxoroga olib kelib, Navkand qabristoniga dafn qilishgan (hozirgi Somoniylar qabristoni maqbarasi)[2]. O‘sha davrdan boshlab Jondorga boradigan yo‘lda qurilgan darvozani Shergiron darvozasi deb ataganlar.

Darvoza vazifasi

tahrir

XVI asrdan boshlab Shergiron darvozasidan to Mir Do‘stim xonaqoh-masjidiga qadar yo‘l ustida yopiq bozor bo‘lib, unda sabzavot, meva, sut-qaymoq kabi mahsulotlar kecha-kunduz sotilgan. Bu anʼana hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Lekin qadimiy Shergiron darvozasi hamda qal’a devori saqlanib qolmagan[3].


Manbalar

tahrir
  1. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  2. Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий.. Бухоро тарихи. Бухоро: Шарқ машаълига илова, 1993 — 45-bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.