Sherzod Fayziyev

Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat

Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi boʻlgan[1][2].

Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev
 Oʻzbеkistоnning Ozarbayjondagi elchisi
 
Mansab davri
2012-yil 26-apreldan – 2020-yil 26-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ismatilla Ergashev
Vorisi Bahrom Ashrafxonov
 Oʻzbеkistоnning Turkmanistondagi elchisi
 
Mansab davri
2009-yildan – 2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Qodirov
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1969-yil (1969-02-01) (55 yosh)
Toshkent

Biografiyasi tahrir

Maʼlumoti tahrir

Toshkent davlat agrar universiteti va Moskvadagi Diplomatik akademiya bitiruvchisi.

Mehnat faoliyati tahrir

1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

2001—2006-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi, 2006—2007-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

1993-1997 yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi attashesi, uchinchi va ikkinchi kotibi, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.

2007—2008-yillarda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.

2009-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

Manbalar tahrir