Ismatilla Ergashev
Ismatilla Raimovich Ergashev — Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[1].
Ismatilla Raimovich Ergashev | |
---|---|
Исматилла Эргашев | |
AQSh Mudofaa vaziri James Mattis Pentagonda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Oʻng tomonda birinchi: Ismatilla Ergashev | |
Oʻzbеkistоnning Ozarbayjondagi elchisi | |
Mansab davri 2004-yildan – 2012-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Abdugʻofur Abdurahmonov |
Vorisi | Sherzod Fayziyev |
Oʻzbеkistоnning Xitoydagi elchisi | |
Mansab davri 1999-yildan – 2003-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-sentyabr 1960-yil Toshkent |
Biografiya
tahrir1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
Fors, ingliz va turk tillarini biladi.
1982—1984 — Afgʻonistonda harbiy xizmat.
1984—1992 — harbiy bilim yurtida chet tili oʻqituvchisi.
1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi.
1994—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — sektor mudiri.
1994—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi.
1996—1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
1999—2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va KXDRdagi dagi favqulodda va muxtor elchisi.
2003—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili.
2004—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi.
2012—2017 — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi.
2017-yil 24-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili.
Oilali, besh nafar farzandi bor[2].
Manbalar
tahrir- ↑ National Holiday of Uzbekistan marked in Baku
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-02-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-02