Bosh menuni ochish

Shirin Mirxonovna Azizova (10-yanvar 1940, G‘ijduvon) – O‘zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1961). 1961–1964-yillar Namangan teatrida, 1968–1987-yillar Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, 1987-yildan Hamza teatrida aktrisa. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin bo‘lib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Xolisxon, Sora, Maysara ("Xolisxon", "Ishq qurbonlari", "Maysaraning ishi"), Rohila ("Birinchi muhabbat"), Muhabbat ("O‘n sakkiz yoshligim"), Nozi ("Bahs"), O‘zbekoyim ("O‘tgan kunlar"), Tamara ("Jar"), qaynona ("Chimildiq") va boshqa "O‘zbekfilm" kinostudiyasi filmlarida suratga tushgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil