Shokir Selim (qrim tatarcha: Şakir Selim ; haqiqiy ismi Shakir Selimovich Selimov, qrim tatarcha: Şakir Selim oğlu Selimov; 1942-yil 10-aprel – 2008-yil 18-noyabr) – Qrim-tatar shoiri va tarjimoni. "Yildiz " jurnali bosh muharriri (1998-2008). 1982-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Shokir Selim
Tavalludi 10-aprel 1942-yil
Razdolnenskiy tumani, Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR
Vafoti 18-noyabr 2008-yil(2008-11-18)
(66 yoshda)
Simferopol, Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi Ukraina
Sohasi sheʼriyat
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Hayoti

tahrir

Shokir Selim Qrim SSRning Lastochkino qishlogʻida tugʻilgan. Ikki yoshida qrim-tatarlar deportatsiya paytida u oilasi bilan Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatining Jomboy tumaniga joylashgan. Selim 1974-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

Selim 11 yil Jomboyda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, 1971-yildan Toshkentdagi „Lenin bayrogʻi“ gazetasining Samarqand boʻlimi muxbiri boʻlib ishlagan. Samarqand viloyat radiosining qrim-tatar eshittirishlari boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1989-yilda shoir Qrimga qaytib keldi. U yerda qrim-tatar va rus tillarida nashr etilgan „Dostluk“ (keyinchalik „Dostluk – Qrim“; hozir „Qirim“) gazetasida muharrir oʻrinbosari lavozimini egalladi. 1997-yildan „Yulduz“ jurnalining bosh muharriri boʻlib ishlagan.

Yozuvchilik faoliyati

tahrir

Shokir Selim 1963-yildan oʻz asarlarini nashr qilishni boshlagan. Selimning birinchi sheʼriy kitobi 1971-yilda, keyin yana 7 tasi nashr etilgan.1992-yilda shoir Ukraina Milliy Yozuvchilar uyushmasining 30 ga yaqin aʼzolarini birlashtirgan Qrim-tatar yozuvchilar kengashini boshqargan. Selim sheʼriy faoliyati bilan bir qatorda qrim-tatar tiliga adabiy tarjimalar bilan ham shugʻullangan.

Sheʼriy toʻplamlari

tahrir
  • „Akbardak“ (1971)
  • „Sevgi Alevi“ (1978)
  • „Duigularim“ (1975)
  • „Uyanuv“ (1982)
  • „Yellerni dinle“ (1986)
  • „Tyushunde“ (1997)
  • „Qirimnoma“ (2006)
  • „Kyrimname II“ (2008)

Tarjimalari

tahrir

Selim A. S. Pushkinning („Kavkaz asiri“), M.Lermontovning (sheʼrlar), T.Shevchenkoning („Katerina“), A. Mitskevichning („Qrim sonnetlari“) asarlarini qrim-tatar tiliga tarjima qilgan. Qrim-tatar drama teatrida uning tarjimasidagi bir qator spektakllar qoʻyilgan: N.Gogolning „Nikoh“, Shekspirning „Makbet“, Mustay Karimning „Oyli tunda“.

Vafoti

tahrir

Shokir Selim 2008-yil 18-noyabrda Simferopolda vafot etgan[1].

Mukofotlari

tahrir
  • Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi (1997)[2]

Manbalar

tahrir
  1. „18 НОЯБРЯ – ДЕНЬ ПАМЯТИ КРЫМСКОТАТАРСКОГО ПОЭТА ШАКИРА СЕЛИМА“. www.crimea-news.info. Qaraldi: 7-sentabr 2023-yil.
  2. „О награждении Почётной грамотой Президиума Верховного Совета Автономной Республики Крым“. Верховна Рада України. Законодавство АР Крим (1997-yil 18-avgust). 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.