Shuhrat Abduhalimov (1977-yil 17-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) - O'zbek siyosatchisi, huquqshunos.[1].

Shuhrat Abduxalimov
Tavalludi 17-may 1977-yil (1977-05-17) (47 yosh)

Biografiyasi

tahrir

Abduhalimov Shuhrat 1977-yil 17-mayda O'zSSR, Samarqand viloyatida tug'ilgan. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini bakalavr darajasida tugatgan. Keyin, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi - yurist, uchinchi darajali adliya maslahatchisi. 2006-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida etakchi maslahatchi sifatida ish boshladi. Keyinchalik, 2012-yildan 2014-yilgacha u dastlab Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining etakchi maslahatchisi, keyin bosh maslahatchisi, so'ngra bo'lim boshlig'i boʻlgan. Keyinchalik, 2014-2017-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari bo'lib ishlagan. 2017-2018-yillarda u Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari sifatida ish boshladi. 2018-yildan hozirgi kungacha Shuhrat Abduhalimovich Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Manbalar

tahrir
  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  2. arxiv nusxasi, 2021-04-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-21