Shuhrat Shonazarovich Boboyev (1985-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi. Sambo boʻyicha jahon chempionati medali sovrindori, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori va 2020- yilgi Yozgi Paralimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati gʻolibi va sovrindori, Islom birdamlik oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempionati sovrindori.

Shuhrat Boboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Shuhrat Shonazarovich Boboyev
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-dekabr 1985-yil (1985-12-03) (38 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Vazni 90 kg gacha
Sport
Qaysi sport Paralimpiya dzyudo

Faoliyati tahrir

2010-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan sambo boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].

2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik dzyudochi Aramitsu Kitadzononi magʻlubiyatga uchratib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[3]. 2015-yilda Seulda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Jahon oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 90 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[4].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 90 kg gacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[5][6]. Xuddi shu yili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shuhrat Jasorat medali taqdirlandi[7].

2017-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida parasportchilar oʻrtasida 90 kg boʻlgan vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Muhammad Ali Shahanini magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[8]. Toshkentda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Yu-Xan Lini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida finalda eronlik dzyudochi Vohid Nuriga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[10]. 2019-yili Atirauda (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 90 kg boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[11].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u oʻz vazn toifasida chorak finalda britaniyalik Elliot Styuartga yutqazdi. Tasalli raundida u qozogʻistonlik dzyudochi Janbota Amanjolni magʻlub eta olmadi va oʻyinlardagi ishtirokini yakunladi[12].

Manbalar tahrir

  1. „FIAS - Competition Results“. www.sambo.com. 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  2. „JudoInside - Asian Para Games Incheon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  3. „JudoInside - IBSA World Championships Colorado Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  4. „JudoInside - IBSA World Games Seoul Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  5. https://www.paralimpicos.es/archived/web/2016RIOPV/deportes/judo/Rio_2016_PG_Judo_Results_Book_V1.1.pdf
  6. „Uzbekistan takes it all, stunning judo results at Paralympics“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  7. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  8. 2017-05-15 08:31:00. „Баку-2017: Два золота парадзюдоистов Узбекистана“ (ru). sports.uz (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust. [sayt ishlamaydi]
  9. „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  10. „JudoInside - Asian Para Games Jakarta Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  11. „JudoInside - IBSA Asian and Oceania Championships Atyrau Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  12. Tokyo 2020 Summer Paralympic Games | IPC | International Paralympic Committee (PDF), 2021-08-29da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-11-30