Shuhrat qoʻrgʻoni
Shuhrat qoʻrgʻoni – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan obida. 1980-yilda qurilgan ushbu obida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-4068-son qaroriga koʻra Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
Shuhrat qoʻrgʻoni | |
---|---|
Shuhrat qoʻrgʻoni | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy joy |
Manzili | Eski shahar |
Shahar | Qarshi |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 38°52′04″N 65°48′11″E / 38.867688°N 65.803166°E |
Qurilishi tugagan | 1980-yil |
Qahramonlar merosi bilan toʻlgan tarixiy tepalik
tahrirShuhrat qoʻrgʻoni oddiy yodgorlik emas; u ikkinchi jahon urushi qahramonlariga bagʻishlangan va shaharning davomiy merosining aksidir. Ushbu yodgorlik joylashgan tepalik Qarshi uchun azaldan ahamiyatga ega joy boʻlgan. Chunki bu tepaliklar oldin mayoq vazifasini bajargan va yana oʻz yurtini himoya qilganlarning matonati va jasoratini ifodalaydi. Sayyohlar va Mehmonlarga Qashqadaryo viloyat tarixini belgilaydigan jasorat va fidoyilik hikoyalari bilan hamnafas boʻlish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Meʼmoriy moʻjiza
tahrirJasorat va Tarix Yodgorligi dunyoda noyob sanaladi, shunday yodgorlik nafaqat Qarshi shahrida yana Belarusda ham mavjud. Bu monument Leningrad Meʼmorchilik Universitetining mashhur meʼmorlari tomonidan loyihalashtirilgan bu yodgorlik Qarshining tarixiy va milliy ahamiyatini yuksak darajada ifodalaydi. Uning 1980-yillarda qurilishi shaharning nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlad. Siz Shuhrat qoʻrgʻoni binosining ichiga kiradigan boʻlasangiz bino markazida katta mashala koʻrishingiz mumkin. Bu urush davrida oʻtib ketgan vatandoshlarimiz hotirasiga bagʻishlangan. Agar siz yana balndroqga qaraydigan boʻlsangiz meʼmorchilik moʻjizasini koʻrishingiz mumkin. Bu uning derazalari unda vitraj uslubida haqiqiy urush tasvirlangan.
Xotiralar muzeyi
tahrirBu yerda sayyohlarlar yodgorlikka oid tarixiy voqealar va shaxslar haqida chuqurroq maʼlumot olishlari uchun muzey ham bor. U yerda yana urush davrida ishlatilgan asboblar(Qurol-yarog',urush davri kiymlari,qurol turlar,…)ga ega. Garchi muzey hozirda yopiq boʻlsa-da, yodgorlik hali ham oʻtmish bilan bogʻlovchi muhim obida boʻlib qolmoqda va bu yerni ziyorat qilganlarni Qarshining boy tarixini qayta kashf etishga chorlaydi.
Ochilish marosimi
tahrirYodgorlikning tantanali ochilish marosimi muhim voqea boʻlgan, chunki bu monumentni Oʻzbekistonning birinchi prezidenti va Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Islom Karimov ishtirok etgan. Uning bu yerda ishtirok etishi yodgorlikning ahamiyatini yana bir bor taʼkidladi va oʻzbek xalqining tarix va merosga boʻlgan faxrini ifoda etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“. Lex.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.