Shumer tili - shumerlarning tili; mil. av. 2-ming yillik boshlarida oʻlik tilga aylangan. Shumer tilining boshqa qadimiy tillar bilan qarindoshligi aniqlanmagan. Ushbu til mil. av. 29— 28-asrlardan 3—1-asrlargacha boʻlgan mixxat yozuvlaridan maʼlum. Shumer tili yodgorliklari qadimiy shumer (mil. av. 25-asrgacha), "klassik" shumer (mil. av. 24—22-asrlar), yangi shumer (mil. av. 21-asr), soʻnggi shumer (mil. av. 2-ming yillik boshi; asosan, adabiy, ilmiy, qisman xoʻjalik mazmunidagi matnlar) va shumerdan keyingi davr yodgorliklariga boʻlinadi. Soʻnggi yodgorliklar Shumer tili Mesopotamiyada akkad tili bilan birga faqat ikkinchi adabiy til boʻlib qolgan davrda yaratilgan.

Shumer tili
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 0
Alifbosi Mixxat
Til kodlari
ISO 639-2 sux[1]
ISO 639-3 sux[1]

Shumer tilini oʻrgangan koʻpchilik tilshunoslar uni oltoy tillari (turkiy, moʻgʻul, tungusmanjur, koreys tillari) bilan taqqoslaganlar va Shumer tili hamda oltoy tillari (asosan, turkiy tillar guruhi) orasida bir qator oʻxshashliklar borligini aniqlaganlar. Shumer tili va turkiy tillar orasida oʻzaro qarindoshlik mavjudligi haqidagi fikrni birinchi marta nemis olimi F. Xammel (1928) oʻrtaga tashlagan va 350 ga yaqin oʻxshash soʻzlar topgan. Bunday oʻxshashliklar faqat leksika sohasida emas, balki soʻz yasalishida va kelishik qoʻshimchalari tizimida ham koʻzga tashlanadi. Bu masalani oʻrganish davom etmoqda.




  1. 1,0 1,1 (unspecified title)