Sichqon qushlar (Coliformes) -qushlar turkumi. 6 turni birlashtirgan bitta oilasi bor. Uzundum Sichqon qushlar tanasi 38 sm cha (dumi bilan), ogirligi 42— 56 g. Tumshugʻi va oyogʻi qizil, yelkasidagi patlari yashil tusda tovlanadi. Tanasining boshqa qismlarida patlari kulrang yoki qoʻngʻir tusda. Ensasida koʻk dogʻi, boshida kokili bor. Oyogʻidagi toʻrtta barmogʻi ham oldinga qaragan, biroq 1 va 4si orqaga qayrilishi mumkin. Daraxtda toʻti qushlarga oʻxshab tumshugʻi bilan shoxlarga ilashib olib yuradi, yerda ham chaqqon harakatlanadi. Uyasini daraxt va butalarga quradi, 2—3 ta tuxum qoʻyadi, tuxumlarni ikkala jins navbat bilan 12—15 kun bosadi. Afrikaning Sahroi Kabirdan jan.roqda joylashgan hududlarida tarqalgan. Butazorlar, oʻrmon chetlari va bogʻlarda gala boʻlib yashaydi. Oʻsimlik urugʻi, mevasi, kurtagi va boshqa bilan oziqlanadi. Baʼzi Sichqon qushlar mevalarUzun dumli ni yeb bogʻlarga ziyon sichqon qush. keltiradi.