Soʻrama

„Benom“ oʻzbek pop dueti ijro etgan qoʻshiq

Soʻrama“  — „Benom“ oʻzbek dueti ijro etgan qoʻshiq. 2012-yil eʼlon qilingan[1]. Guruhning 2016-yil chiqarilgan „Dard“ nomli albomiga kiritilgan. „Soʻrama“ guruh repertuaridagi eng taniqli kompozitsiyalarning biridir.

„Soʻrama“
„Benom“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2012
Janr pop
Davomiyligi 3:41
„Soʻrama“ YouTubeda

Qoʻshiq pop-musiqa janrida boʻlib, lya minor tonalligida ijro etilgan[2]. „Soʻrama“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Mirmaqsud Oxunov klip suratga olgan. Unda taniqli aktyor Adiz Rajabov va Dilnoza Hamraliyeva rol oʻynagan.

„Benom“ guruhi 2017-yil bergan „Bir muhabbat qissasi“ nomli konserti davomida „Soʻrama“ qoʻshigʻini Lola Yoʻldosheva bilan hamkorlikda jonli tarzda ijro etgan[3]. „Cover-Up Kids“[izoh 1] koʻrsatuvining 2020-yilgi 6-sonida „Benom“ qoʻshiqlari, jumladan, „Soʻrama“ kompozitsiyasi kaver tarzida kuylangan. Kaverni ishtirokchi Ikromjon Isoqov ijro etgan. „Benom“ uning ijrosini yuqori baholagan va koʻrsatuv yakunida taronani guruh bilan Isoqov hamkorlikda kuylagan[4].

Izohlar tahrir

  1. Koʻrsatuv ijodkorlari „cover-up“ soʻzi ingliz tilida 1) biror narsani, ayniqsa nojoʻya ish yoki xatoni yashirish urinishini yoki 2) suvdan chiqqanda choʻmilish kiyimi ustidan tashlab olinadigan ust-boshni anglatishidan bexabar boʻlgani uchun koʻrsatuvni shunday nomlagan.

Manbalar tahrir

  1. Komilov, Sarvar „Сарвар ва Комил (Беном)дан "Сўрама". мп3+Видео“. Sayyod (29-aprel 2012-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.
  3. „Сарвар ва Комилнинг “Бир муҳаббат қиссаси” номли концертининг биринчи куни тафсилотлари“. Popcorn (16-fevral 2017-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.
  4.   The Cover Up Kids 6-son Benom guruhi (29.11.2020) YouTubeda Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil

Havolalar tahrir