Sohibqiron (sheʼriy drama)
Sohibqiron —1996-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, Sohibqiron Amir Temur hayotiga bagʻishlangan sheʼriy drama.[1] Amir Temur — jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslardan biri. Uning hayot yoʻli bir tekis kechmagan. Taqdirning turfa zarbalariga munosib dosh berolganligi uchun ham shunday ulugʻ maqomga erishgan. Abdulla Oripov qalamiga mansub „Sohibqiron“ sheʼriy dramasida Amir Temurning murakkab umr yoʻli haqqoniy boʻyoqlarda ochib berilgan.
2016-yilgi kirillcha nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Abdulla Oripov |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Sheʼriy drama |
Nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Nashriyot |
|
Sahifalar soni |
|
ISBN | ISBN 978-9943-4405-9-3 |
Sohibqiron sheʼriy dramasi 2016-yilda „Akademnashr“ nashriyoti tomonidan 136 betli qattiq muqovada, 2019-yilda „Yangi nashr“ nashriyoti tomonidan 91 betli yumshoq muqovada 10 000 nusxada nashr etilgan.[2]
Sujet
tahrir„Sohibqiron“ dramasida Amir Temur janglarda emas, balki koʻproq oʻylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, oʻgʻillariga munosabatini koʻrsatish mobaynida yorqin aks etgan.
Amir Temur tajribali hukmdor va oʻychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: „Moʻl xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar“, — deya belgilaydi.
Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta choʻpon boʻlganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon boʻladi.
Dramada Temurning fuqarolarga munosabati: „Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qoʻrquv ichra saqlashi darkor“, — degan qarashida aks etadi.
Asarda Amir Temurning oʻz dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan.
Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: „Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qoʻyki, xotunlaring uch taloq boʻlgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim boʻlsin uch taloq“.
Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin boʻlmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda koʻrsatadi.
Qahramonlari
tahrir- Amir Temur-Temuriylar sulolasi va Temuriylar imperiyasi asoschisi.
- Yildirim Boyazid- Usmonlilar sultoni
- Uljoy Turkon -
- Mir Said Baraka-
- Mirzo Ulugʻbek- Temurning nabirasi
- Xonzodabegim -
- Barlos Bahodir-
- Muhammad Qavchin-
- Yassaviy (Darvish , Xizir)
- Xitoy elchisi-
- Ispaniya elchisi
- Buqalamun (asl ismi Itolmas)
- Bibixonim- Amir Temurning rafiqasi
- Shohrux- Temurning oʻgʻli
- Shayxulislom
- Aloviddin
- Amir Husayn
- Hofiz Sheroziy
- Qosimbek, yasorlar va boshqalar.