Soner Chagaptay (talaffuzi: Soner Cagaptay) — 1970-yilda tugʻilgan[1][2]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qiluvchi turk millatiga mansub siyosatshunos. U Vashington Yaqin Sharq siyosati institutida Turkiya tadqiqot dasturi direktori[3]. Soner tarixchi, Turkiya-AQSh munosabatlari, turk siyosati va turk millatchiligi boʻyicha mutaxassis. 

Soner Cagaptay
Tavalludi 1970-yil tug'ilgan
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Siyosatshunosh, tarixchi
Imzosi

Taʼlimdagi faoliyati

tahrir

Cagaptay fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2003-yilda Yale universitetining tarix fanlari boʻyicha ilmiy daraja olgan. Turk millatchiligi mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoʻqlagan. Ingliz va turk tillaridan tashqari fransuz, nemis, ispan, bosniya, ibroniy, ozarbayjon va usmonli turkchalarini oʻz ichiga oladi[4].

Ish faoliyati

tahrir

Cagaptay Beyer oilasi aʼzosi hisoblanib, Washington Yaqin Sharq siyosati instituti (WINEP) turk tadqiqot dasturi direktori avozimida ishlagan.

Cagaptay Yale, Prinston universiteti, Jorjtaun universiteti va Smit kollejida Yaqin Sharq, Oʻrta er dengizi va Sharqiy Yevropa boʻyicha darslar bergan. 2006—2007-yillarda Prinston universitetining Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻlimida Ertegun professori boʻlgan. 

U Georgetown universiteti qoshidagi Edmund A. Wolsh nomidagi tashqi ishlar maktabida ish faoliyatini professorlikda davom ettirgan[5].

U Davlat Departamenti Tashqi Xizmatlar Institutida Turkiya ilgʻor hududni oʻrganish dasturi rahbari sifatida shartnoma asosida ishlagan[6].

Cagaptay Smit-Richardson, Mellon, Rays va Leylan stipendiyalarini olgan.

2012-yilda Amerika Turk Jamiyatida, yosh rahbar etib tayinlangan. U zamonaviy Turkiya davlati boʻyicha toʻrtta kitob muallifi.

Ommaviy axborot vositalaridagi faoliyatlari

tahrir

Cagaptay Turkiya-AQSh munosabatlari haqida koʻp maqolalar yozgan.Turkiya ichki siyosati, turk millatchiligi, Turkiyaning iqtisodiy kuch sifatida yuksalishi va Anqaraning Yaqin Sharqdagi siyosati haqida, ilmiy jurnallarda va xalqaro bosma ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Wall Street Journal, New York Times, Washington Times, International Herald Tribune, Jeynʼs Defense Weekly va Habertürkda nashr etiladi. U Turkiyaning eng qadimgi ingliz tilidagi gazetasi Hurriyet Daily News gazetasida doimo sharhlovchilik va CNN ning Global Public Square blogiga mualliflik qilgan. U har doim Amerika Ovozi, CNN, NPR, BBC, al-Jazira, CNBC, PBS va Fox News bilan suhbatlarda va hujjatli filmlarda qatnashib kelgan. Uning soʻnggi kitobi ''Erdoʻgʻanning imperiyasi'' 2019-yil sentabrida IB Tauris tomonidan nashr etilgan.  Sonar 2022-yilning 16-fevralida Xelsinki komissiyasining „Manfaatlar toʻqnashuvi, Turkiyada tashqi siyosat va inson huquqlari[7]'' nomli maqolani chop etadi.

Kitoblari

tahrir

Akademik maqolalari

tahrir
  • Cagaptay, Soner (2013). „Turk kuchini aniqlash: Turkiya Gʻarb xalqaro tizimiga oʻrnatilgan yuksaluvchi kuch sifatida“. Turkshunoslik . 14 (4): 797-811. doi : 10.1080/14683849.2013.861110. ISSN 1468-3849 yillar
  • Cagaptay, Soner (2007).“Irq, assimilyatsiya va kamalizm: 1930-yillarda turk millatchiligi va ozchiliklar". Yaqin Sharq tadqiqotlari . 40 (3): 86-101. doi : 10.1080/0026320042000213474. ISSN 0026-3206
  • Chagaptay, Soner (2007). "1930-yillarda turk millatini qayta qurish“. Millatchilik va etnik siyosat . 8 (2): 67-82. doi : 10.1080/13537110208428662. ISSN 1353-7113
  • Chagaptay, Soner (2003). „Urushlararo Turkiyada fuqarolik siyosati*“. Millatlar va millatchilik . 9 (4): 601-619. doi : 10.1111/1469-8219.00129. ISSN 1469-8129

Manbalar

tahrir
  1. www.worldcat.org Islam, secularism, and nationalism in modern Turkey : who is a Turk „Cagaptay, Soner, 1970-….“
  2. Sebastian Wojciechowski The modern terrorism and its forms 2007 Page 218 "Soner Cagaptay, a Turkish professor working in the United States, "
  3. Expert biography http://www.washingtoninstitute.org/experts/view/cagaptay-soner
  4. „Soner Cagaptay“.
  5. Georgetown University Directory http://contact.georgetown.edu/index.cfm?Action=View&NetID=sc374 (Wayback Machine saytida 19-iyul 2011-yil sanasida arxivlangan)
  6. Biography/Soner Çağaptay'ın Özgeçmişi http://www.cagaptay.com/about/ (Wayback Machine saytida 24-yanvar 2010-yil sanasida arxivlangan)
  7. „Helsinki Commission Briefing to Examine Intersection Between Foreign Policy and Human Rights in Turkey“ (10-fevral 2022-yil).

Havolalar

tahrir