Spyat ustaliye igrushki“ (ruscha: Спят усталые игрушки, yaʼni „Charchagan oʻyinchoqlar uxlayapti“) — rus bastakori Arkadiy Ostrovskiy shoira Zoya Petrova sheʼriga bastalagan alla. Rossiyadagi eng ommalashgan zamonaviy allalarning biri. „Spokoynoy nochi, malishi!“ sovet va rus bolalar dasturining 1964-yil 1-sentyabrda efirga uzatilgan ilk epizodidan boshlab deyarli oʻzgarmas qoʻshigʻi boʻlib keladi.

„Spyat ustaliye igrushki“
Valentina Dvoryaninova
Oleg Anofriyev
Valentina Tolkunova
Alsou
va b. qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1964
Janr alla
Matn muallif(lar)i Zoya Petrova
Bastakor(lar) Adkadiy Ostrovskiy
Klipi
„Spyat ustaliye igrushki“ YouTubeda

Qoʻshiq ilk bor 1964-yilda ijro etilgan. Bastakor Ostrovskiyning oʻgʻli soʻzlariga koʻra, qoʻshiq yozish taklifini aynan Ostrovskiy oʻrtaga tashlagan[1]. Ostrovskiyning oʻgʻli va qoʻshiq ijrochilaridan biri Oleg Anofriyev ashula kuyi juda qisqa vaqt ichida bastalanganini aytishgan.

„Spyat ustaliye igrushki“ qoʻshigʻini ilk bor Valentina Dvoryaninova ijro etgan. Keyinchalik uni Anofriyev va Valentina Tolkunovalar ham kuylagan. 1970-yillar boshida esa Boris Runge ijro etgan. Sovet davrida qoʻshiq Butunittifoq radiosi va markaziy televideniyesining katta bolalar xori repertuariga kiritilgan.

1986-yildan boshlab „Spokoynoy nochi, malishi!“ dasturida navbati bilan „Spyat ustaliye igrushki“ hamda „Spi, moya radost, usni“ qoʻshiqlari qoʻllangan. 1992–1997-yillarda esa dasturda „Spokoynoy nochi, malishi!“ qoʻshigʻi deyarli umuman ishlatilmagan. 1997-yil tomoshabinlar talablari bilan qoʻshiq dasturga qaytarilgan.

Ostrovskiy biografiyasi muallifi Galina Soboleva qoʻshiqni yuqori baholab, shoira Petrovaning sodda, bolalarga tushunarli sheʼri hamda Ostrovskiy bastalagan kuyning yoqimliligi va sokinligi bolalarda baxtiyor kayfiyat va ertangi kunga ishonch keltirib chiqarishi haqida yozgan[2]. Tadiqoqtchi Valentina Bondarenko esa anʼanaviy rus allalaridan farqli oʻlaroq, „Spyat ustaliye igrushki“ qoʻshigʻida bola tugʻilib oʻsgan uy obrazi hamda onaning individual bolaga mehri ifodalanmagani haqida yozgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ostrovskiy, M.. Дом ста роялей - Огарева, 13 (ruscha). Moskva: Tonchu, 2010. ISBN 978-5-91215-048-7. 
  2. Soboleva, Galina. Жизнь в песне. Аркадий Островский (ruscha). Moskva: Melodiya, 1971 — 83-bet. 

Havolalar

tahrir