Susan Jane Smith (Sue Smith) (talaffuzi: Suzan Jeyn Smit) (1979-yil 24-noyabrda tugʻilgan) sobiq ingliz futbolchisi hisoblanadi. Jane Smith oxirgi marta „Doncaster Rovers Belles“ klubi va Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasida oʻynagan. Jane Smith futbolchilik faoliyati davomida chap qanot hujumchisi yoki hujumchisi sifatida maydonda harakatlangan[3].

Sue Smith
Smith 2009-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Susan Jane Smith[1]
Tavallud sanasi 24-noyabr 1979-yil (1979-11-24) (44 yosh)
Tavallud joyi Prescot,[2] Angliya
Boʻyi 5 ft 5 in (1.65 m)[2]
Ampluasi qanot hujumchisi, hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Rainhill United
St. Helens
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—2002 Tranmere Rovers
2002—2010 Leeds United
2010—2011 Lincoln Ladies 14 (2)
2011—2016 Doncaster Rovers Belles
Milliy terma jamoa
1997—2012

Angliya ayollar milliy

futbol terma jamoasi
93 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2011-yil 31-avgust uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Jane Smith oʻsmirlik chogʻida „Tranmere Rovers“ klubida oʻynagan, biroq yillar davomida mamlakatning top-klublaridan bir nechta takliflar tushganidan soʻng, 2002-yilning yozida „Leeds United“ klubi (2008-yildan 2010-yilgacha „Lids Karnegi“ nomi bilan tanilgan) bilan shartnoma imzoladi[4].

„Leeds United“ klubi FA WSLga chiqa olmaganidan soʻng, Jane Smith 2010-yilning avgust oyida „Lincoln Ladies“ klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. 2011-yil dekabr oyida Jane Smith „Doncaster Rovers Belles“ klubi tarkibiga qoʻshildi. „Belles“ klubi menejeri John Buckley Jane Smithning jamoa tarkibiga qoʻshilishini „klub uchun ulkan toʻntarish“ deb taʼrifladi[6]. Jane Smith oʻzining „Doncaster Rovers Belles“ klubidagi debyut oʻyinini (2:1 hisobida) gʻalaba bilan boshladi. Ammo oʻyinda Jane Smith jarohat oldi va jamoa safidan toʻqqiz oyga chiqishga majbur boʻldi[7].

Baʼzi jarohatlardan soʻng Jane Smith 2017-yilgi mavsum oldidan „Doncaster Rovers Belles“ klubini tark etdi[8]. Jane Smith futbolchilik faoliyati yakunlanganligini eʼlon qilmagan, lekin 2016-yilgi mavsum oxiridan beri biror jamoa safida futbol oʻynamagan.

Xalqaro oʻyinlardagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
1 1997-yil 27-fevral Deepdale, Preston   Germaniya 4-6 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 1998-yil 13-sentyabr Stadionul Poiana, Campina   Ruminiya 4-1 1999-yil FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi.
4 1999-yil 17-oktyabr Sportanlagen Trinermatten, Zofingen    Shveysariya 1-0 2001-yil UEFA ayollar chempionati saralashi.
5 2000-yil 20-fevral Stadio do Sport Grupo Sacavenense, Lissabon   Portugaliya 2-2 2001-yil UEFA ayollar chempionati saralashi.
6 2000-yil 23-aprel Oakwell, Barnsley   Portugaliya 2-0 2001-yil UEFA ayollar chempionati saralashi.
7 2000-yil 13-may Memorial maydoni, Bristol    Shveysariya 1-0 2001-yil UEFA ayollar chempionati saralashi.
8 2000-yil 28-noyabr Brisben Road, London   Ukraina 2-0 2001-yil UEFA ayollar chempionati saralashi.
9 2001-yil 22-mart Kenilworth yoʻli, Luton   Ispaniya 4-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
10
11
12 2005-yil 13-mart Stadio Fernando Cabrita, Lagos   Meksika 5-0 Algarve kubogi
13 2005-yil 1-sentyabr Ertl-Glas Stadion, Amstetten   Avstriya 4-1 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralashi.
14 2006-yil 20-aprel Priestfield stadioni, Gillinghem   Avstriya 4-0 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralashi.
15 2011-yil 9-mart Dasaki stadioni, Akhna   Janubiy Koreya 2-0 Kipr kubogi
16

Shaxsiy hayoti tahrir

Faoliyati davomida Jane Smith oʻzining soch turmagi bilan tanilgan[9]. Jane Smith „Everton“ klubi muxlisasi hisoblanadi[10].

Manbalar tahrir

  1. „Player Statistics“. FIFA. 2012-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 „Biography“. The Official Sue Smith Website. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
  3. Sue Smith signs for Lincoln She Kicks, 4 August 2010
  4. „Smith's shock move to Leeds“. The Football Association (17-iyul 2002-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2011-yil.
  5. Lincoln Ladies sign England winger Sue Smith BBC Sport 4 August 2010
  6. „Sue Smith signs for Doncaster“. She Kicks (7-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2011-yil.
  7. Goodwin, Paul. „Injury heartache for Doncaster Rovers Belles star Sue Smith“. Doncaster Free Press (15-mart 2012-yil). Qaraldi: 15-mart 2012-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. „Former England star Sue Smith leaves Doncaster Rovers Belles“. doncasterfreepress.co.uk (10-fevral 2017-yil). Qaraldi: 27-aprel 2017-yil.
  9. Small Talk: Sue Smith The Guardian, 28 April 2006
  10. „Behind the scenes“. The Football Association. Qaraldi: 1-sentabr 2010-yil.