Sulaymon Baqirgʻoniy majmuasi (yoki Hokim ota maqbarasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot shahridagi „Hokim ota“ ovulida joylashgan ziyorat majmuasi. Majmua Ahmad Yassaviyning birinchi shogirdlaridan biri boʻlgan Sulaymon Baqirgʻoniy sharafiga XII-XIII asrlarda bunyod etilgan[1].

Sulaymon Baqirgʻoniy majmuasi
Umumiy maʼlumot
Turi Majmua
Manzili „Hokim ota“ OFY, Doʻstlik qishlogʻi
Shahar Qoʻngʻirot
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 43°18′00″N 58°56′15″E / 43.299881460190456°N 58.93760817861353°E / 43.299881460190456; 58.93760817861353
Qurilishi boshlangan XII asr
Qurilishi tugagan XX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Sulaymon Baqirgʻoniy majmuasi xaritada

Ziyorat majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi va „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan[3].

Qurilish tarixi

tahrir

Ahmad Yassaaviyning shogirdi, shu bilan birga, Zangi otaning ustozi ham boʻlgan Sulaymon Boqirgʻoniyning qabri ustida XII—XIII, XIV hamda XVI asrlar davomida, soʻnggi marta esa Xiva xoni Olloqulixon tomonidan XIX asrda maqbara bunyod etilgan. Majmua Moʻynoq tumanining janubiy qismida joylashgan. Bu ziyoratgoh majmuasiga Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvar kuni qabul qilingan „Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 37-sonli qarori asosida 11 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. 2019—2021-yillarda ajratilgan mablagʻ hisobidan majmuani taʼmirlash, baʼzi qismlarini qayta tiklash, obyektni ziyorat majmuasiga aylantirish va obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

Majmua yonida alohida kutubxona ham tashkil qilingan boʻlib, kitoblar orasida Sulaymon Baqirgʻoniyning tarixi yoritilgan kitob ham bor. Kelgan mehmonlarga bu kitobdan bittadan sovgʻa qilish odati ham mavjud[4].

2022-yil 3-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot markazi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida Sulaymon Baqirgʻoniy tavallud topganining 900 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtgan. Anjuman davomida bir guruh olimlar Sulaymon Baqirgʻoniy majmuasini ziyorat qilishgan[5].

Manbalar

tahrir