Sulaymon qal’a (yoki Hazorasp qalʼasi, Hazorasp shahri qalʼa devori) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi eng qadimiy qal’alardan biri. Miloddan avvalgi IV–II asrlarga oid boʻlgan qalʼa bugungi kunda „Sulaymon qalʼa“ mahallasida joylashgan.

Sulaymon qalʼa
Sulaymon qalʼa is located in Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Sulaymon qalʼa
Shown within Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Sulaymon qalʼa is located in Uzbekistan
Sulaymon qalʼa
Sulaymon qalʼa (Uzbekistan)
Muqobil nomlar Sulaymonqalʼa
Manzilgoh Oʻzbekiston
Mintaqa Xorazm
Koordinatalar 41°30′0.14″N 61°08′8.15″E / 41.5000389°N 61.1355972°E / 41.5000389; 61.1355972
Turi Manzilgoh
Tarix
Tashkil etilgan mil. avv. IVII asr
Makon qaydlari
Vaziyat Saqlanib qolgan
Egalik Davlat mulkiga tegishli

Sulaymon qalʼa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi

tahrir

Qalʼa Hazorasp tumanida joylashgan boʻlib, milodiy V asrda yashab hukmronlik qilgan shaxsning qarorgohi boʻlganligi ham aytiladi. Qal’a devorlari hozirgi kungacha saqlanib qolgan boʻlib, uning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qalʼa devorlarining osti koʻl bilan oʻrab olingan. Mahalliy xalq bu koʻlga „Oydin koʻli“ deb nom bergan. Koʻlning oʻziga xos jihati uning doimiy ravishda chuchuk suv bilan taʼminlanib turilganidadir. Tarixiy manbalarga keltirilishicha, bir vaqtlar koʻl ostida yer osti yoʻli mavjud boʻlgan. Qal’aning eng yuqori qismida joylashgan tepalikdan astronomik kuzatuvlar olib borish maqsadida foydalanilgan[3].

„Tarixi Jahongoʻsha“ asarining muallifi boʻlgan Juvayniy: „Gʻaznaviylar davlati hukmdori Sulton Mahmud oʻzining Xorazmga qilgan uchinchi yurishi vaqtida mustahkam Hazorasp qalʼasini ikki oylik ogʻir qamaldan keyingina boʻysundirgan“,— deb yozadi.

Qaysi davrga oidligi va nomlanishi bilan bogʻliq bahslar

tahrir

Olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning birortasida qalʼaning yoshi boʻyicha aniq xulosaga kelinishi uchun asos boʻla oladigan dalil yoʻq. Shunday boʻlsa-da, zardushtiylik dinining ilk muqaddas olovi boʻlgan „Aturaspend“ yoqilgan qalʼaning taxminiy yoshi ― 3000 yilga yaqin degan qarashlar mavjud. Hazorasp qalʼasining qurilishi borasida bir qator afsona va rivoyatlar ham bizgacha yetib kelgan boʻlib, ulardan biriga koʻra qalʼaning dastlabki tarixi yahudiylar davlatining toʻrtinchi hukmdori ― Solomon (Sulaymon) nomi bilan aloqador[4].

Manbalar

tahrir