Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniy (1226, Gʻarbiy Xuroson, Juvayn viloyati, Ozodvor qishlogʻi – 1283, Ar-ron) – tarixchi olim va davlat arbobi. Yoshligidan arab, fors, moʻgʻul, uygʻur tillarini mukammal oʻrgangan. Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari Qirkoʻz, Argun ogʻa va Huloku devonida xizmat qilgan. 12471253-yillarda Qoraqurum (Moʻgʻuliston)ga borgan. Elxonlarnnng Bagʻdoddagi noibi (12591283, tanaffuslar bilan).

Juvayniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi tarixchi; davlat arbobi

Janubiy Moʻgʻuliston, Oʻrta Osiyo hamda Eronning 13-asrdagi ijtimoiysiyosiy tarixidan hikoya qiluvchi „Tarixi jahonkushoy“ (1260) nomli shoh asari bilan shuxrat topdi. Asar 3 qismdan iborat: 1) moʻgʻullar; ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon davri (12461248) gacha, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshoxlar va Xurosonning moʻgʻul xukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi; 3) Hulokuxonning Eronni zabt etishi (12561258), shuningdek, ismoiliylar va ularning davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1—2 qismlari alohida qimmatga ega[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil