Sulton Alp Arslon (kitob)
Sulton Alp Arslon (ozarbayjoncha: Sultan Alp Arslan) – Yunus Oʻgʻuzning Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslon hayoti haqida yozgan tarixiy romani[1].
Oʻzbek tilidagi nashrning muqovasi | |
Asl nomi | Sultan Alp Arslan |
---|---|
Muallif(lar) | Yunus Oʻgʻuz |
Muharrir(lar) | Hamidulla Boltaboyev |
Tarjimon(lar) | Usmon Qoʻchqor |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Til |
Ozarbayjoncha Oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Roman, tarixiy roman |
Nashr etilgan sanasi | 2015-yil |
Nashriyot | „OL“ nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
ISBN | ISBN 978-9952-494-62-4 |
Vikiiqtibosda Sulton Alp Arslonga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Asar haqida
tahrirAsar 2015-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida „OL“ nashriyotida ozarbayjon tilida nashr etilgan. Kitob soʻzboshi muallifi Otaturk markazi direktori, deputat Nizomiy Jafarovdir. Ushbu Roman turk va oʻzbek tillariga tarjima qilingan[1]. Oʻzbek tilida 2016-yilda Usmon Qoʻchqor tarjimasi bilan „Mumtoz soʻz“ nashriyotida chop etilgan[2]. Ushbu asarga xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti sohib Qulu Kəngərli va filologiya fanlari nomzodi Mahkam Mahmudov taqriz yozgan.
Mazmuni
tahrirAsarda 1063–1072-yillarda hukmronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni Muhammad ibn Dovud – Alp Arslonning mamlakatni mustahkamlash va yanada kengaytirish yoʻlidagi harakatlari, Xuroson, Eronning bir qismi, Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistonni zabt etgandan soʻng Vizantiya ustiga qilgan yurishlari haqida hikoya qilinadi. Muallif kitobdagi voqealarni tasvirlar ekan, ularning xronologiyasini ilmiy-publisistik aniqlik bilan beradi, shuningdek, tasavvufiy intervensiyalar oʻsha voqealarga sezilarli taʼsir koʻrsatgan degan xulosaga kelib, bu taʼsirlarning metafizik semiotikasini aniqlashga harakat qiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Arxivlənmiş surət“. 2018-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ Yunus Oʻgʻuz. Sulton Alp Arslon. Toshkent: “Mumtoz soʻz” nashriyoti, 2016 — 166-bet. ISBN 978-9943-4552-9-0.