30°1′54.84″N 31°15′24.12″E / 30.0319000°N 31.2567000°E / 30.0319000; 31.2567000

Masjid
Sulton Hasan
arabcha: جامع السلطان حسن
Mamlakat  Misr
Shahar Qohira
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Mamluklar meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Sulton an-Nosir Hasan
Binokorlik 13561362
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Sulton Hasan masjid-madrasasi (arabcha: جامع السلطان حسن) — Qohiradagi (Misr) tarixiy tumanidagi Salohiddin maydonida joylashgan boʻlib, 1356—1363-yillarda Sulton an-Nosir Hasan tomonidan qurilgan meʼmoriy yodgorlik majmua. Majmua masjid, madrasa va Sulton Hasan maqbarasidan iborat. Masjid oʻzining ulkan oʻlchami va innovatsion meʼmoriy tarkibiy qismlari bilan ajoyib hisoblangan va bugungi kunda ham Qohiradagi eng taʼsirchan tarixiy yodgorliklardan biri hisoblanadi.[1]

Tarixi

tahrir

Sulton Hasan

tahrir
 
Sulton Hasan masjidi va Rumayla maydoni. 1880-yil.

Sulton an-Nosir Hasan (toʻliq ismi: An-Nosir Badr ad-Din Hasan ibn Muhammad ibn Qalavun) hijriy 748/milodiy 1347-yilda 13 yoshida taxtga oʻtirdi.[2] 1350-yilda kamolotga yetgach, davlat ishlarini boshqargan amir Manjaqni hibsga oladi. Hibsga olinishidan oldin amir kuniga atigi yuz dirham miqdorida nafaqa olishi mumkin edi. Bu choʻntak puli sulton uchun xizmatkorlar tomonidan yigʻilgan. Ayniqsa, oʻsha davrda amir Shayxuning kundalik daromadi 200 000 dirham boʻlganini hisobga olsak, bu hayratlanarli miqdordir. Sulton Hasan jilovni oʻz qoʻliga olgach, oʻziga yoqqan odamlarni hokimiyat lavozimlariga joylashtirdi. Lekin bu xolat amalda lavozimda boʻlgan nufuzli shaxslar hisobiga sodir boʻldi va qolganlarni koʻplarini xafa qildi. Norozi amirlar 1351-yilda sultonni hibsga olib, uni uch yil qamoqda saqlaydilar va uning ukasi as-Solih Solihni taxtga oʻtqazadilar. Hasan qamoqdagi vaqtini oʻqish bilan oʻtkazdi[2]. U hokimiyatga qaytdi va hokimiyatni mustahkamlashga urinib, hukmron tuzilmani yana oʻzgartirdi, ammo Sulton Hasan oʻzining armiya bosh qoʻmondoni Yalbugʻa al-Umariy tomonidan tomonidan oʻldirildi.[2] Buning sababi Sultonning ayollar uchun boyliklarini isrofgarchilik bilan sarflashi va boshqa nojoʻya harakatlaridir. Zamonaviy suriyalik tarixchi Ibn Kasir sultonni ochkoʻzligi va davlat mablagʻlarini isrof qilishda ayblaydi.[2] 1361-yilda Sulton Hasan oʻldiriladi, lekin uning jasadi topilmadi va u ushbu maqbaraga dafn qilinmagan.

Tuzilishi

tahrir
 
Masjid-madrasaning qavat rejasi. Oʻrtada katta markaziy hovli joylashgan. Gumbazli maqbara yuqori (janubiy-sharqiy) oxirida joylashgan. Kirish eshigi (gumbazli vestibyul kamerasi bilan) pastki chap (shimoli-sharqiy) burchakda joylashgan. Markaziy hovli burchaklaridagi kichikroq oʻtish joylari va xonalar ixtisoslashtirilgan madrasalar tarkibiga kiradi.

Tarxi 68x155 metr. Madrasa 4 ayvonli, hovli maydoni (32x34,6 metr) 4 tomondan ravoqli ayvonlar bilan oʻralgan (devor balandligi 35 metr gacha), ayvonlarning eng kattasida masjid xonaqohi joylashgan. Madrasaga hovlining 4 tomonidagi darvozadan kiriladi. Atrofidagi hujralar 4 qavatli. Masjid devorlari marmar bilan qoplangan, poliga koshin yotqizilgan. Mehrob yonidagi minbar marmardan ishlangan. Mehrobning 2 yonida maqbaraga kiriladigan eshiklar bor. Eshiklardan biri oltin va kumush bilan, maqbara (21x21 metr) marmar bilan qoplangan. Gumbaz osti bagʻali muqarnasli (XVII asrda kayta tiklangan). Hovli oʻrtasidagi marmar ustunli koʻshk oʻrtasiga favvora oʻrnatilgan. Peshtoqi (balandligi 38 metr) muqarnas bezaklar tosh oʻymakorligi va qadama naqsh bilan jozibador bezatilgan. Guldastaminorasi oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. Sulton Hasan masjid-madrasasi Mamluklar hukmronligi davri qurilishidan qolgan, koʻlami va hashamdorligi jihatdan eng ahamiyatli yodgorliklardandir.

Manbalar

tahrir
  1. O'Kane, Bernard. The Mosques of Egypt. Cairo: The American University in Cairo Press, 2016. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Behrens-Abouseif, Doris. Cairo of the Mamluks : a history of the architecture and its culture, null, London: I.B. Tauris, 2007 — 201–213-bet. ISBN 978-1-84511-549-4.