Sulton Segizboyev
Sulton Segizboyev (1899.15.7, hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani — 1938.15.6) — siyosat va jamoat arbobi. Avval qishloq maktabida, soʻng Toshkent gimnaziyasida oʻqigan. Iqtisod fanlari boʻyicha professor (1930). Segizboyev 1916-yil Turkistondagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan. 1918-yildan xoʻjalik sohasida rahbarlik lavozimlarida. Turkiston oʻlka "Qoʻshchi" tashkiloti masʼul kotibi (1921—22). Fargʻona viloyati partiya komiteti kotibi (1923), Turkiston KP MK tashkiliy boʻlimi mudiri, Toshkent uyezdi partiya komiteti kotibi (1924). Ukraina Starobelsk okrug partiya komiteti yoʻriqchisi (1925). 1925—30 yillarda Qizil professura instituti (Moskva)da oʻqigan, shu institut huzuridagi kechki universitet dekani. Butunittifoq qishloq xoʻjaligi akademiyasining Oʻrta Osiyo filiali va Paxtachilik instituti direktori, Oʻrta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1930—31). VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetida boʻlim mudiri (1932—36), Shimoliy Qozogʻiston viloyat partiya komiteti 1kotibi (1937). Oʻzbekiston XKS raisi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisi oʻrinbosari (1937—38). Gazeta, jurnalarga muharrirlik qildi, iqtisod va tarixga oid koʻplab maqolalar yezdi. 1938-yil Toshkentda qamoqqa olinib, qatagʻon qilindi. Oʻlimidan soʻng oqlandi. Segizboyev xotirasi abadiylashtirilgan. Oqqoʻrgʻon tumanidagi shirkat xoʻjaliklari (2 ta), maktab, mahalla, koʻcha, Mirzachoʻl tumanidagi shirkat xoʻjaligi, Guliston shahridagi tibbiyot kolleji, Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi, Mirzachoʻl va Oqqoʻrgʻon tumanlarida Segizboyev byusti oʻrnatilgan.[1]
Sulton Segizboyev | ||
---|---|---|
qozoqcha: Сұлтан Сегізбаев | ||
Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti Raisi | ||
Mansab davri 1937-yil oktabr – 1938-yil iyulgacha | ||
Oʻtmishdoshi | Abdulla Karimov | |
Vorisi | Abdujabbor Abdurahmonov | |
VKP(b) Qozogʻiston KP(b) Shimoliy Qozogʻiston viloyat ijroiya qoʻmitasining Birinchi kotibi | ||
Mansab davri 1937-yil 3-aprel – noyabrgacha | ||
Oʻtmishdoshi | Maksim Ammosov | |
Vorisi | Nikolay Kuznetsov | |
Turkiston KP(b) MQ Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi masʼul kotibi | ||
Mansab davri 1923-yil avgust – oktabrgacha | ||
Oʻtmishdoshi | Vasiliy Burov-Petrov | |
Vorisi | Abdulla Karimov | |
Shaxsiy maʼlumotlari | ||
Tavalludi |
1899-yil oktabr Jagʻalbayli ovuli, Toshkent uyezdi, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi | |
Vafoti |
1939-yil 25-fevral Moskva, SSSR | |
Fuqaroligi | ||
Millati | qozoq | |
Mukofotlari |
|
Adabiyot
tahrir- Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-yil), T., 2000; Muhiddinova F.P., Hasanov Q. Sulton Segizboyev, T., 1978.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |