Sultonali Qoiniy
Sultonali qoiniy (15-asr 2-yarmi 1517) — xattot, shoir; nastaʼliq xati ustasi. Xattotlikni Azhar Tabriziydan oʻrgangan. Ijodini Tabrizda boshlagan, keyin Xirotga kelib Jomiy xizmatida boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida ijod qilgan. Navoiy "Majolis unnafois" tazkirasida "tabʼi va salohiyati koʻptur", deb taʼriflaydi, Xondamir "Xulosat ulaxbor" asarida "nastaʼliqni bagʻoyat toza va yaxshi uslubda yozadi", deb taʼkidlaydi. S.Q. oʻz ijodida ustozining xat uslubini rivojlantirgani bilan Sultonali Mashhadiyga yaqin turadi, ayniqsa, mayda nastaʼlikda yaxshi yozgan;. Jomiyning "Devon"i (Texrondagi Saltanat kutubxonasida), Hamadoniyning "Tamhidot" (1479, Rossiya milliy kutubxonasida), Navoiyning "Gʻaroyib ussigʻar" (Istanbul, universitet kutubxonasida 7 ta rayem bor) asarlari va boshqa qoʻlyozmalarni koʻchirgan. S.Q. koʻplab lar bitgan, aksariyati Turkiya majmualarida, jumladan, 13 namunasi Bahrom Mirzoning muraqqaʼsi (Istanbul, Oʻfqof, Xazina kutubxonasida sakdanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |