Suratlisoy rasmlari
Suratlisoy rasmlari — Olay togʻlarining shim. yon bagʻridagi Suratlisoy (Fargʻona viloyati) qoyatoshlariga oʻyib ishlangan rasmlar. 1939-yilda arxeolog M. Voronets va T. Obolduyevalar tomonidan topilgan. M. Voronets, A. Kabirov, M. Xoʻjanazarov va boshqa tomonidan oʻrganilgan. 500 dan ortiq rasmlar eneolit davri (mil. av. 4—3ming yillik), mil. av. 7—2-asrlarga mansub boʻlib (keyingi davrlarda ishlanganlari ham bor), tosh, jez va temir bilan (urib, choʻkichlab) handasiy, kontur, soya (sharpa), oddiy chiziq uslubida ishlangan. Suratlisoy rasmlarida yovvoyi gʻayvonlarni ovlash, qad. chorvador va ovchi qabilalarning xoʻjalik hayoti, diniy marosimlarning ijrosi haqidagi turli manzaralar tasvirlangan. Odamlar, hayvonlar (sigir, buqa va boshqalar), turli buyumlar va boshqa tasviri oʻziga xos aks ettirilgan. Suratlisoy rasmlari ibtidoiy, qad. hamda ilk oʻrta asrlar sanʼatining oʻziga xos namunasi, shuningdek, muhim tarixiy maʼlumotlar manbai sifatida qimmatlidir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |