Surxondaryo sanoati va shaharlari


Surxondaryo viloyati
viloyat
Maʼmuriy markazi Termiz
Yirik shahari Termiz, Denov, Shoʻrchi, Boysun
Asos solingan sanasi 1941-yil 6-mart
Rahbari Ulugʻbek Qosimov[1]
Rasmiy tili Oʻzbek
Aholi (2023-yil 1-aprel holatiga) 2 821 900
Millatlar tarkibi Oʻzbek, tojik, turkman
Dinlar tarkibi Islom
Maydoni 20,1 ming km2 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-SU
Avtomobil raqami kodi 75-79
Xaritada
xaritada

Sanoati

tahrir

Surxondaryo viloyatining asosiy sanoat tarmoqlari: yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati, un-yorma[2]. Surxondaryo viloyatiga Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 3-4 foizi togʻri keladi. Respublikamizning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, yuk tashishning transport taʼminotini yaxshilash maqsadida „Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon“[3] temiryoʻli ishga tushirildi. Bu temiryoʻl Boysun tumani orqali iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan tumanning yaxshi rivojlanmayotgan qishloqlariga sanoatning kirib kelishiga, yerusti va yerosti boyliklaridan keng foydalanishga, dam olish maskanlari qurishga katta imkoniyat yaratmoqda. Viloyat sanoat tarmoqlari ichida yetakchi hisoblangan yengil sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi tumanlarida toʻqimachilik komplekslari tashkil etilib, viloyatda yetishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlash hajmini 20—25 foizga ytkazish moʻljallanmoqda. Kon sanoatini ham rivojlantirish jadal ketmoqda. Hozirda Xovdogʻ, Uchqizil, Lalmikor va Kakaydi yaqinida neft va gaz konlari ishlamoqda. Oʻzbekistondagi uchta yirik konning ikkitasi Surxondaryoda (Shargʻun va Boysun koʻmir konlari).

Shaharlari

tahrir

Termiz

tahrir

Termiz — viloyatning maʼmuriy va madaniy markazi. U Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Bu shaharda Amudaryo porti, temiryoʻl va avtomobil yoʻli qurilgach, shahar asosiy transport markaziga aylandi. 1995-yilda Termizda zamonaviy aeroport qurildi. Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yogʻ, non va goʻsht kombinatlari, binokorlik materiallari ishlab chiqariladigan korxonalar bor. Bundan tashqari Termiz davlat universiteti ham mavjud.

Denov — qadimgi yirik savdo va hunarmandchilik qishlogʻi oʻrnida barpo boʻlgan shahar. 1929-yil Denovdan temiryoʻl oʻtgach ishlab chiqarish rivojlana boshlagan. Denov sanoati qishloq xoʻjalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob, moy-sut, motor taʼmirlash, gʻisht zavodlari bor. Shaharda R. R. Shreder[4] nomidagi respublika bogʻdorchilik uzumchilik va sharobchilik ilmiy-tadqiqod institutining tajriba markazi joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/13/surxondaryo/
  2. „Surxondaryo sanoati rivojlangan osuda va obod hududga aylanadi“ (2023-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.[sayt ishlamaydi]
  3. "PQ-717-сон 26.10.2007. Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l liniyasidan foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida" https://lex.uz/docs/-1262327
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil