Rixard Rixardovich Shreder (1867.15.10, Moskva 1944.27.4, Toshkent) — qishloq xoʻjaligi sohasidagi olim, VASXNIL akademik (1935), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943), professor (1918), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1936), Mehnat Qahramoni (1927). Moskva universitetining fizika matematika fakultetini (1891) va Petrovsk qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1894), shu yerda xususiy dehqonchilik kafedrasida assistent (1895-1900). Germaniya, Shveysariyada malaka oshirgan (1900-02), 1902-yildan umrining oxirigacha Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (hozirgi akademik R.R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti) rahbari. Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati prezidenti (1904—18). Turkiston xalq universitetini tashkil etishda faol qatnashgan (1918), Oʻrta Osiyo universiteti qishloq xoʻjaligi fakultetining birinchi dekani va professor Sh. rahbarligida gʻoʻza, don, meva, rezavormeva, sabzavot ekinlari, pillachilik va boshqalar sohalarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa, bogʻdorchilikka katta ahamiyat berildi. Kuzgi bugʻdoyning "Qora kaltak" yoki №584 navini, gʻoʻzaning oʻz davrida mashhur, tezpishar №1306 yoki "Shreder" navini yaratgan. Mevali oʻsimliklar kolleksiyasini tashkil etib, olma, nok va boshqalarning 200 dan ortiq navini oʻrgangan. Uning ishini keyinchalik oʻgʻli A.G. Shreder (Argus, Toshkent borovinkasi, Toshkent kalvili, Pskent olmasi va boshqalar navlari yaratgan), nabirasi Ye.A. Shreder (Choʻlpon, Goʻzal, Oltin olma va boshqalar navlar muallifi) davom ettirdi. Intda chiqarilgan serhosil uzum ("Shreder ertagisi"), qulupnay ("Shreder xotirasi"), olma ("Shreder reneti") navlari uning nomi bilan atalgan. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutining 100 yilligi munosabati bilan institut markaziy binosi oldida bronza byusti oʻrnatilgan (2001). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2004).[1][2]

Rixard Shreder
Tavalludi 15-oktyabr 1867-yil
Vafoti 27-aprel 1944-yil(1944-04-27)
(76 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Mukofotlari

Manbalar Tahrirlash

  1. Trudi plodoyagodnogo instituta im. akademik R.R. Shredera, vsh. 18 (18981948), T, 1950; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.
  2. Deyatelnost Turkestanskoy selskoxozyaystvennoy stansii po polevodstvu, v chastnosti, po xlopkovodstvu. Pravleniye zemleustroystva i zemledeliya, T., 1913; Kultura xlopchatnika v Sredney Azii, M., 1925.