Susanna Foster (toʻliq ismi: Suzanne DeLee Flanders Larson[1][2][3], 1924-yil 6-dekabr[4] – 2009-yil 17-yanvar[5]) – amerikalik kino aktrisasi boʻlib, 1943-yilda „Phantom of the Opera“ filmidagi Christine roli bilan tanilgan.

Susanna Foster
Tavalludi
Suzanne DeLee Flanders Larson

6-dekabr 1924-yil
Vafoti 17-yanvar 2009-yil(2009-01-17)
(84 yoshda)
Englewood, New Jersey, AQSh
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1939–1992-yillar
Turmush oʻrtogʻi
Wilbur „Wib“ Evans
(turm. 1948; ajr. 1956)

Hayoti

tahrir

Foster Illinoys shtatining Chikago shahrida Les va Adie Larsonlar oilasida dunyoga kelgan[6]. Minnesota shtatining Minneapolis shahrida ulgʻaygan. Oilasi Buyuk Depressiya davrida qashshoqlikka yuz tutib, uyidan ham chiqarib yuborilishi sababli tez-tez koʻchib yurishga majbur boʻlgan. Fosterning otasi spirtli ichimlikka ruju qoʻyishi natijasida ruhiy kasallikdan aziyat chekkan, shuningdek, uning oilasiga zulm oʻtkazgani haqida ham maʼlumotlar bor. Foster singillarini onasidan uzoqlashtirish maqsadida, aktrisa Jean Arthurning uyini ular uchun ijaraga olgan. Foster oʻn bir yoshiga toʻlganida uning onasi deyarli oʻlimga olib keladigan pnevmoniya kasalligiga chalingan[7][8].

Karyerasi

tahrir

Oʻn ikki yoshida Susannani MGM Gollivudga olib ketgan, uni maktabga yuborib, aktyorlik va qoʻshiqchilik karyerasi uchun tayyorlagan. Uning aytishicha, MGMda boʻlgan paytidagi eng yorqin lahza oʻz kumiri Jeanette MacDonald va Clark Gable bilan uchrashgani boʻlib, ular unga „Angliya qirolichasi“day munosabatda boʻlishgan. Foster dastlab hech qachon suratga olinmagan MGMning B Above High C filmida bosh rolni ijro etishi kerak edi. Filmning nomi uning ovoz diapazonining eng yuqori chegarasiga ishora qilgan[9]. Oxir-oqibat MGM uni ishdan boʻshatgan.

Milo Marchetti ismli agentni yollagandan soʻng, Foster Paramount Pictures bilan shartnoma tuzgann va u yerda birinchi marta Marchettining singlisi Gilda rahbarligida ovoz mashqlarini oʻrganishni boshlagan. U oʻn toʻrt yoshida The Great Victor Herbert (1939) filmida Mary Martin va Allan Jones bilan birga rol ijro etib, kino olamiga „Suzanna Foster“ nomi bilan kirib kelgan. Sahna taxallusini tanlashda u „Oh Susanna“ qoʻshigʻidan „Susanna“ni, hamda qoʻshiq muallifi Stiven Fosterdan „Foster“ni oldi[10][11]. William Randolph Hearst The Great Victor Herbert filmida Fosterni koʻrgach, uni oʻzi va Marion Devis uchun shaxsiy konsert berish maqsadida 67 000 akr (270 km²) maydonli Wyntoon mulkiga samolyotda olib borgan. Keyingi yili Foster Paramount uchun Allan Jones bilan Magic in Music va Jackie Cooper bilan Glamour Boy filmlarida rol ijro etgan. Ikki yildan soʻng Foster Paramountdan ketgan.

Paramountdan ketganidan bir necha hafta oʻtgach, Foster Universal Studios bilan shartnoma tuzgan. U yerda 1943-yilda suratga olingan Phantom of the Opera nomli gotik melodramada Nelson Eddy va Claude Rains bilan birga yosh qiz rolini ijro etgan. Film ikkita Academy Awards mukofotini qoʻlga kiritgan va oʻsha yili Universal uchun eng koʻp daromad keltirgan asarga aylangan. Yulduzlarni mashhur qilish yoki ularning shaʼniga putur yetkazish qudratiga ega boʻlgan Hearst gazetasi muharriri Louella Parsons shunday deb yozgan: „Suzanna Foster bugungi kunning buyuk yulduzlaridan biri sifatida oʻzini namoyon etmoqda“. U shunchalik mashhur boʻldiki, studiya uni 1943-yildan 1945-yilgacha boʻlgan davrda uni ketma-ket suratga tushirilgan filmlar, jumladan Spangled Rhythm, Top Man, This Is the Life, The Climax, Bowery to Broadway, Frisco Sal va That Night With You kabi asarlar orqali tezda yulduzlikka koʻtargan. U, shuningdek, Nelson Eddy bilan birgalikdagi kontsert turini rad etgan, keyinchalik afsuslangan.

1945-yilda Foster kino sohasini tark etdi. Oʻz yulduzini ushlab qolishga umidsiz boʻlgan Universal 1946-yilda Dusolina Giannini bilan urushdan keyingi Yevropa boʻylab olti oylik gastrol safarini moliyalashtirdi. Yevropa boʻylab olti oylik gastrol safarini moliyalashtirib, oʻzining buyuk opera orzusini amalga oshirishga intildi. Yevropadan qaytib kelgach, uni Universal prezident Harry Truman va Eleanor Roosvelt ishtirokida White House Press Photographer’s Ballda mehmon solist sifatida ishtirok etish uchun bosim oʻtkazgan. Spektakldan soʻng Truman va Roosevelt mikrofonda Fosterni olqishladilar. U stolni Roosevelt, Truman va uning qizi Margaret bilan baham koʻrdi. Margaret oʻzi ham istiqbolli xonanda boʻlib, Fosterga havas qilardi.

1946-yilda Foster Los-Anjeles fuqarolik opera teatrining Rodgers va Hammerstein hamkori Edwin Lester rahbarligidagi Naughty Marietta spektaklida bosh rolni oʻz zimmasiga olgan. 1948-yilda u oʻzidan 20 yosh katta boʻlgan taniqli bastakor Wilbur „Wib“ Evansga turmushga chiqgan[12]. Er-xotin operetta va sahna musiqalarida ijro etib, keng koʻlamli gastrollarga chiqishgan. Ogʻir homila yoʻqotishidan soʻng, ularning birinchi oʻgʻli Michael 1950-yil dekabrda muddatidan 8 hafta oldin dunyoga kelgan.

Evans tez orada Londondagi South Pacific spektaklida Mary Martinning hamroli sifatida tanlangan[13][14]. Bu spektakl Sean Conneryga raqsga tushuvchi va qoʻshiq aytuvchi dengizchi rolida oʻz karyerasini boshlash imkonini bergan. Londondagi gastrollari paytida ularning ikkinchi oʻgʻli dunyoga kelgan. Bolani qirolicha Elizabethning shaxsiy shifokori John Peel qabul qilgan. U qirollik oilasining boshqa aʼzolari, jumladan shahzoda Charles va malika Annening tugʻilishida ham qatnashgan edi. Philip ismli chaqaloq qirolichaning turmush oʻrtogʻi shahzoda Philip sharafiga nomlangan[15].

Hayotining soʻngi yillari va oʻlimi

tahrir

1956-yilda Foster Evans bilan ajrashgan va koʻp yillar davomida qashshoqlikda yashagan. Yozuvchi Sharon Rich va Fosterning oʻgʻli Michael esa Fosterning ruhiy kasallik va ichkilikbozlik muammolariga duchor boʻlganini maʼlum qilgan[16][17]. 1980-yillarda Foster va uning kenja oʻgʻli Philip Gollivuddagi kvartirada istiqomat qilishgan. 1985-yil noyabr oyida Philip ham ichkilikbozlik va giyohvandlikka mubtalo boʻlib qolgan hamda Fosterning mehmonxonasida jigar komasiga tushib qolgan. Komaga tushganidan uch kun oʻtgandan soʻng esa Van Nuys shifoxonasida jigar yetishmovchiligidan vafot etgan.

1992-yilda Foster birinchi marta 1945-yilda suratga olingan „Detour“ filmining qayta ishlangan versiyasida ikkinchi darajali rollardan biri bilan oʻzining filmlardagi soʻnggi chiqishini amalga oshirgan. Ushbu film uning 43 yillik faoliyati davomida uyida suratga olingan dastlabkisi edi[18]. 2003-yilda uning katta oʻgʻli Michael Sharqiy sohilga tomonga olib kelgan va u yerda umrining soʻnggi besh yilini Nyu-Jersi shtatining Englewood shahrida joylashgan Lillian Booth nomli aktyorlar uyida oʻtkazgan. Foster 2009-yil 17-yanvar kuni ertalab soat 5:30 da, 84 yoshida vafot etgan[7][5].

Filmografiyasi

tahrir
Film
Yil Nomi Rol Izoh
1939-yil The Great Victor Herbert Peggy
1941-yil The Hard-Boiled Canary Toodles LaVerne
Glamour Boy Joan Winslow
1942-yil Star Spangled Rhythm Aniq emas
1943-yil Phantom of the Opera Christine DuBois
Top Man Connie Allen
1944-yil Follow the Boys Aniq emas
This Is the Life Angela Rutherford
The Climax Angela Klatt
Bowery to Broadway Peggy Fleming Barrie
1945-yil Frisco Sal Sally Warren
That Night with You Penny Parker
1954-yil Mystification Rita
1992-yil Detour Evie Filmlardagi soʻnggi roli
2000-yil The Opera Ghost: A Phantom Unmasked Oʻzi haqida hujjatli videorolik

Manbalar

tahrir
  1. Names. American Names Society. 1975. p. 245. https://books.google.com/books?id=CEpQAQAAIAAJ. 
  2. Joseph F. Clarke. Pseudonyms. BCA, 1977 — 65-bet. 
  3. The Movie Makers
  4. Mank, Gregory W.. Women in Horror Films, 1940s. McFarland & Co, 1999 — 224-bet. ISBN 0-7864-0464-7. 
  5. 5,0 5,1 Evans, Michael David. „The Susanna Foster Chronicles: Phantom of the Heart“ (2009).
  6. Katz, Ephraim. The Film Encyclopedia. HarperCollins, 1994 — 477-bet. ISBN 0-06-273089-4. 
  7. 7,0 7,1 Rich, Sharon „Susanna Foster on Phantom of the Opera, Nelson Eddy, Jeanette MacDonald and Judy Garland“. Jeanette MacDonald & Nelson Eddy Home Page. Mac/Eddy Club (2009-yil 19-yanvar). 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  8. Rich, Sharon; Evans, Michael „Susanna Foster's real horror story was not Nelson Eddy's Phantom of the Opera…but real life“ (2009-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  9. Coons, Robin. „The High C's Are Very Low Down When Susanna Foster Sings“. St. Petersburg Times (1940-yil 1-iyun). Qaraldi: 2008-yil 30-dekabr.
  10. Adrian Room. Dictionary of Pseudonyms: 13,000 Assumed Names and Their Origins, 5th ed.. McFarland, 1 July 2010 — 182-bet. ISBN 978-0-7864-5763-2. 
  11. Evelyn Foster Morneweck. Chronicles of Stephen Foster's family. Pittsburgh: University of Pittsburgh Press, 1944 — 590-bet. 
  12. Lamparski, Richard. Whatever Became of-?. Crown Publishers, 1982 — 109-bet. ISBN 978-0-517-54346-7. 
  13. Davis, Ronald L.. Mary Martin, Broadway Legend. University of Oklahoma Press, 2008 — 177-bet. ISBN 978-0-8061-3905-0. 
  14. Pfeiffer, Lee; Lisa, Phillip. The Films of Sean Connery. Citadel Press, 2001 — 12–13-bet. ISBN 0-8065-2223-2. 
  15. Son to Susanna Foster. New York Times (1952-yil 5-sentyabr).
  16. Rich, Sharon „Interviewing Susanna Foster in regards to working with Nelson Eddy in "Phantom of the Opera"“ (2009-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  17. Rich, Sharon; Evans, Michael „Susanna Foster's son responds…“ (2009-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  18. „Movie Info: Detour. Rotten Tomatoes (1992).

Havolalar

tahrir