Svyatlana Sixanovskaya

Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya (qizlik familiyasi Pilipchuk; beloruscha: Святлана Георгіеўна Ціханоўская; 1982-yil 11-sentabrda tugʻilgan) — belaruslik siyosatchi, 2020-yilgi saylovlarda Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod.

Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya
beloruscha: Святлана Георгіеўна Ціханоўская
Tugʻilishi
Svyatlana Pilipchuk

11-sentabr 1982-yil
Belarussiya SSR Brest viloyati, Luninets tumani, Mikashevichi shahri
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Kasbi siyosatchi, tarjimon
Turmush oʻrtogʻi Sergey Sixanovskiy
Partiyasi partiyasiz
Universitet Mozir davlat pedagogika universiteti
Millati belarus
Faoliyat yillari 2020-yildan
Sayt https://tsikhanouskaya2020.by/
Svyatlana Sixanovskaya (chapda) oʻz mitingiga ketmoqda (Minsk, 2020-yil 30-iyul)
Svyatlana Sixanovskaya va saylovoldi qoʻshma shtabning mitingi (Minsk, 2020-yil 30-iyul)

Tarjimai holiTahrirlash

YoshligiTahrirlash

2000-yilda Svyatlana Pilipchuk Mikashevichidagi 2-oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatdi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Mozir davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi (Gomel viloyati, Mozir shahri), universitetni chet tillar (ingliz, nemis) mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyatiTahrirlash

Oʻqishni tugatgandan so'ng u Gomel shahrida yashadi. Turli tashkilotlarda ingliz tilidan tarjimon bo‘lib ishladi, shu jumladan Chernobil AES halokatidan jabr ko'rganlar uchun tashkil etilgan „Chernobyl Life Line“ (Irlandiya) xayriya tashkilotida faoliyat yuritdi.

Siyosiy faoliyatiTahrirlash

2020-yil 15-mayda, Markaziy Saylov Komissiyasi Sergey Sixanovskiyning tashabbuskor guruhini roʻyxatga olishni rad etganidan soʻng, Svyatlana Sixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga oʻzini prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatish uchun roʻyxatga olishni talab qilib hujjatlarni taqdim etdi [1].

Lidiya Yermoshina boshchiligidagi Markaziy Saylov Komissiyasi 2020-yil 20-may kuni Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhini roʻyxatga oldi [2]. Svyatlana Sixanovskaya shatabining boshligʻi uning eri Sergey Sixanovskiy boʻldi. 2020-yil 29-may kuni Grodno shahrida Svyatlana Sixanovskayani Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatish uchun imzo toʻplash piketi boʻlib oʻtdi, natijada Sergey Sixanovskiy, tashabbus guruhining koordinatori Dmitriy Furmanov [3] va boshqalar hibsga olindi. Jami 10 kishi hibsga olingan [4]. Keyingi piketlarda Svyatlana Sixanovskaya nomzodiga imzo toʻplash uchun Minskda va boshqa shaharlarda navbatlar yigʻildi[5]. Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhi aʼzolariga turli bosimlar oʻtkazildi, koordinator va aktivistlar butun Belarus bo'yicha hibsga olindi[6], 2020-yil 15-mayda tashabbus guruhining matbuot kotibi Aleksandr Kabanov ham hibsga olindi[7]. Tashabbuskor guruh aʼzolari bilan birgalikda toʻplangan imzolar ham olib qoʻyildi [8]. 2020-yil 11-iyunda Svyatlana Sixanovskaya videomurojaat eʼlon qildi, unda u 12, 13 va 14-iyun kunlari Minskda va viloyat shaharlarida imzo toʻplash uchun oʻtkaziladigan piketlarni tasvirga olajagini, chunki u erda uning tashabbuskor guruhi aʼzolariga qarshi provokatsiyalar bo'lishi mumkinligini aytdi[9]. Piketlar natijasida Svetlana Tixanovskayani qoʻllab-quvvatlash uchun 100 mingdan ortiq imzo toʻplandi [10].

2020-yil 16-iyun kuni Sixanovskaya mintaqaviy komissiyalarga imzo varaqalari tarqatish uchun safarga chiqqan mahal nomaʼlum shaxs tomonidan telefon qoʻngʻirogʻi boʻlib, unga prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikni, aks holda bolalari jabr koʻrishini aytdi[11]. Keyinchalik Svyatlana Sixanovskaya saylovda ishtirokini davom ettirish niyati borligini maʼlum qildi [12]. 30-iyun kuni Svyatlana Sixanovskaya prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun MSKga hujjatlar taqdim etdi[13].

2020-yil 14-iyulda Markaziy Saylov Komissiyasining Prezidentlikka nomzodlar sifatida roʻyxatga olish boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi, natijada Svyatlana Sixanovskaya roʻyxatga olindi. Soliq deklaratsiyasidagi kamchiliklarga qaramay (Svyatlana Gomel viloyatida erining uyi borligini koʻrsatmagan), Markaziy saylov komissiyasining barcha aʼzolari Svyatlana Sixanovskayani prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun ovoz berishgan [14] [15] [16].

2020-yil 16-iyul kuni Svyatlana Sixanovskaya, Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloning shtablari vakillari uchrashdi. Uchrashuv natijasida shtablar birlashishga kelishib, 9-avgust kuni xalqni ovoz berishga chaqirishni, saylovlarni kuzatishda ishtirok etishni, siyosiy va iqtisodiy mahbuslarni ozod qilishni umumiy maqsad qilib oldilar. Birlashishning muhim sabablaridan biri takroriy saylovlarni oʻtkazish boʻlib, unda hozir qamoqda saqlanayotgan muqobil nomzodlar mavjudligidir[17] [18].

2020-yil 19-iyulda Minskdagi Bangalor maydonida birinchi yig'ilish boʻlib oʻtdi, unda 7-10 ming atrofida odam toʻplandi[19].

2020-yil 20-iyulda Sixanovskaya birinchi marotaba davlat radiosi efiriga chiqdi, u nutqining avvalida qisqacha oʻz tarjimai holini gapirdi, prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun sabablardan biri bu eri Sergey Sixanovskiyning hibsga olinishi ekanligini taʼkidladi[20].

2020-yil 21 va 28-iyul kunlari u Belarus milliy telekanalida chiqish qildi, u yerdan mamlakatning barcha fuqarolariga murojaat qildi [21].

2020-yil 30-iyul kuni Minsk shahridagi Xalqlar do'stligi bog'ida Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod Svyatlana Sixanovskayaning rasmiy piketi boʻlib oʻtdi, unda turli xil maʼlumotlarga koʻra 18,250 [22]dan 63-70 ming kishigacha [23] [24] [25] qatnashdi. Bu 1991-yildan beri eng katta mitingga aylandi[26].

6-avgust kuni Minsk rasmiylari Bangalor maydonidagi mitingni toʻxtatdilar. Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Veronika Sepkalo va Mariya Kolesnikova Minsk aholisini soat 19:00da Kiev maydonidagi uchrashuvga kelishga chaqirdilar, bu yerda shahar maʼmurlari "Qo'shimcha taʼlim muassasalarining ochiq eshiklar kuni" deb nomlangan bayramni tashkil qilayotgan edilar[27]. Kutilmaganda ikkita di-djey ovoz kuchaytirgichlardan Viktor Soyning "Хочу перемен!" ("O'zgarishlarni xohlayman!") qoʻshigʻini qoʻyishdi[28]. Politsiya Svyatlana Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Kiev maydoniga kirishiga ruhsat bermadi[29]. Bu boʻyicha Sixanovskaya va qoʻshma shtab aʼzolari rossiyalik bloger Ilya Varlamovga intervyu berishdi[30]. 8-avgust kuni Minskda Sixanovskaya saylovoldi shtabining rahbari Mariya Moroz hibsga olindi[31], Sixanovskayaning yaqin maslakdoshi Mariya Kolesnikovani ham hibsga olib[32][33], tez orada xatolik yuz berganini aytib hibsdan ozod qilishdi[34]. Shu kecha Svyatlana Sixanovskaya yolgʻiz qolmaslik maqsadida oʻz uyida uxlamadi. Svyatlana Minskdagi shtab aʼzolari va jurnalistlar qurshovida qoldi[35].

SaylovTahrirlash

2020-yil 9-avgust, yakshanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. 2020-yil 10-avgust kuni Belarus MSK saylovda Aleksandr Lukashenkoning gʻalabasini eʼlon qildi[36]. Markaziy Saylov Komissiyasi bergan dastlabki maʼlumotlarga koʻra Tixanovskaya 10,09 % olgan[37]. Sixanovskaya bunga rozi boʻlmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi[38]. U Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va u yerda xavfsizlik kuchlari bilan uzoq suhbatlashdi. Shundan soʻng, u bilan aloqa yoʻqoldi.

Xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan 19 ta saylov uchastkalaridagi soʻrovnomaga (ekzit-poll) koʻra Sixanovskaya 81,57 %, Lukashenko esa 5,89 % ovoz olishgan[39].

2020-yil 11-avgustda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Sixanovskaya Litvada xavfsiz holatda ekanligini eʼlon qildi[40]. Uning safdoshi Olga Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Sixanovskaya Belarus hukumati tomonidan olib ketilgan va unga boshqa chora qolmagan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Sixanovskaya ilgari hibsga olingan oʻzining ishonchli sherigi Mariya Moroz bilan birga Belarusni tark etgan. Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Svyatlana jamoasining bir qismi garovda qolgan. 11-avgust kuni Sixanovskayadan olingan videoxabar Belarusda eʼlon qilindi va unda Belarus xalqi oʻz tanlovini qilgani, uni qoʻllab-quvvatlagan barcha vatandoshlariga minnatdorchilik bildirgan holda, Belarusdagi vatandoshlaridan tashqariga chiqmaslik, politsiya bilan toʻqnashmaslik, hayotlarini xavf ostiga qoʻymaslikni soʻradi[41].

Ommaviy namoyishlarTahrirlash

2020-yilgi saylovdan soʻng Sixanovskayani qoʻllab-quvvatlash maqasadida va Lukashenkoga qarshi oʻtkazilgan mitinglar Belarus tarixidagi eng yirigi boʻldi, Brestda 20 ming va Minskda 60 ming odam yigʻildi[42].

OilasiTahrirlash

U prezidentlikka nomzod va saylovdan bir necha oy avval hibsga olingan Sergey Sixanovskiyning turmush oʻrtogʻi. Ularning ikki nafar farzandi bor: qizi 4 yoshda, oʻgʻli 10 yoshda. 2020 yil yozida, boʻlgan tahdidlar sababli saylov kampaniyasi davrida bolalari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan biriga yuborildi[43][44]. Sergey Sixanovskiy bunga qarshi boʻldi[45][46][47][48][49][50][43].

ManbalarTahrirlash

  1. Жена Сергея Тихановского подает документы в ЦИК на регистрацию своей группы
  2. Ермошина — Тихановской: У вас есть намерение выдвигаться в президенты или вы просто спарринг-партнер?
  3. Задержанного по «делу Тихановского» Дмитрия Фурманова наказали десятью сутками ареста
  4. В Гродно задержали Сергея Тихановского. TUT.BY (ru) (2020-05-29). 2020-07-29.
  5. В Минске, у Комаровки, очереди к пикетам Тихановской и Цепкало растянулись на километр. TUT.BY (ru) (2020-05-31). 2020-07-29.
  6. Задержания активистов и сборщиков подписей продолжаются 31 мая. Список обновляется. spring96.org (ru). 2020-07-29.
  7. В Бресте задержали пресс-секретаря инициативной группы Светланы Тихановской. TUT.BY (ru) (2020-06-15). 2020-07-29.
  8. Вместе с членами инициативной группы Тихановской «арестовали» 3,5 тысячи собранных подписей. TUT.BY (ru) (2020-06-10). 2020-07-29.
  9. «Я опасаюсь провокаций». Тихановская снимает пикеты в Минске и областных городах. TUT.BY (ru) (2020-06-11). 2020-07-29.
  10. REFORM.by (2020-06-16). Светлана Тихановская собрала 100 тыс. подписей. REFORM.by (ru). 2020-07-29.
  11. Тихановская: Мне поступили угрозы, передо мной выбор — дети или дальнейшая борьба. Выбор очевиден. TUT.BY (ru) (2020-06-16). 2020-07-29.
  12. Светлана Тихановская: Я продолжаю свое участие в выборах. TUT.BY (ru) (2020-06-16). 2020-07-29.
  13. Тихановская подала документы в ЦИК на регистрацию кандидатом в президенты. TUT.BY (ru) (2020-06-30). 2020-07-29.
  14. Бабарико и Цепкало не зарегистрированы кандидатами в президенты. Тихановскую зарегистрировали. TUT.BY (ru) (2020-07-14). 2020-07-29.
  15. Павел МИЦКЕВИЧ | Сайт «Комсомольской правды» (2020-07-14). «Надеюсь на перемены». Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты. KP.BY - сайт «Комсомольской правды» (ru). 2020-07-29.
  16. Светлану Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты Беларуси. Бабарико и Цепкало отказали. Настоящее Время (ru). 2020-07-29.
  17. Светлана Тихановская объединилась со штабами Бабарико и Цепкало. TUT.BY (ru) (2020-07-16). 2020-07-18.
  18. Главным противником Лукашенко на выборах стала Светлана Тихановская. РБК (ru). 2020-07-18.
  19. В Минске на встречу с Тихановской пришло 7-10 тыс. человек. Это много или мало?. Telegraf.by (ru) (2020-07-19). 2020-07-22.
  20. Тихановская и Дмитриев впервые выступили в эфире государственного радио. Sputnik Беларусь (ru). 2020-07-22.
  21. «Сначала мне было страшно. Но сейчас я не боюсь». Тихановская выступила на БТ. Наша Ніва (ru). 2020-07-22.
  22. #МВД_ОФИЦИАЛЬНО
  23. Говорят, на пикет Тихановской в Минске пришло 63 тысячи человек. Как это подсчитали?. 42.tut.by (ru) (2020-07-31). 2020-08-01.
  24. МВД рассказало, сколько людей было на митинге Тихановской в Минске
  25. Разное. Светлана Тихановская на многотысячном митинге в Минске: власти тратят бюджетные деньги на ледовые дворцы, а на больных детей у них средств не хватает
  26. Десятки тысяч человек, слёзы, песни, мечты о переменах: как в Минске прошёл большой митинг Тихановской. Кратко. TUT.BY (ru) (2020-07-30). 2020-07-30.
  27. Тихановская отменила предвыборный митинг в Минске, 6.08.2020
  28. Диджеи, включившие песню Цоя в Минске, осуждены на 10 суток, 7.08.2020
  29. Сторонники перемен переполнили Киевский сквер, 6.08.2020
  30. Надежда на перемены в Беларуси: свергнут ли Лукашенко на выборах? Интервью с Тихановской 8.08.2020
  31. В Минске вновь задержали главу штаба Светланы Тихановской 8.08.2020
  32. Задержана Мария Колесникова, соратница Тихановской - штаб 8.08.2020
  33. Задержана Мария Колесникова, соратница кандидата в президенты Белоруссии Тихановской 9.08.2020
  34. Колесникову отпустили, задержание было "по ошибке" - штаб кандидата в президенты 8.08.2020
  35. Накануне выборов Тихановская покинула свою квартиру в Минске ради безопасности 9.08.2020
  36. Александр Лукашенко победил на выборах президента Беларуси. Как прошел день голосования. Газета.uz. 10.08.2020.
  37. Беларусь: протесты, задержания и отъезд Светланы Тихановской. Газета.uz. 11.08.2020.
  38. Тихановская подала жалобу в ЦИК Белоруссии по итогам выборов. РБК. 10.08.2020.
  39. Абноўлены вынік экзыт-полу на замежных участках: больш за 85 працэнтаў за Ціханоўскую. Радыё Свабода. 10.08.2020.
  40. МИД Литвы: Тихановская записала видеообращение к соратникам под давлением белорусских властей. novayagazeta.ru. Новая Газета. 11.08.2020.
  41. Тихановская призвала сторонников прекратить акции протеста. ria.ru. РИА Новости. 11.08.2020.
  42. Ex-teacher hopes to free Belarus from president's iron fist, Associated Press (August 4, 2020).
  43. 43,0 43,1 Ирина Ринаева (11 августа 2020). Светлана Тихановская намекнула на отъезд из Белоруссии. Московский комсомолец. 2020-08-11.
  44. Тихановская на период до выборов вывезла детей в Евросоюз. Наша Ніва. 2020-08-01.
  45. Соперница Лукашенко заявила о поступающих ей угрозах. lenta.ru. 2020-08-01.
  46. Кандидат в президенты Белоруссии вывезла детей в безопасное место. lenta.ru. 2020-08-01.
  47. Детей Светланы Тихановской вывезли из Беларуси в Евросоюз. UDF.BY | Новости Беларуси. 2020-08-01.
  48. Тихановская: Мои дети действительно в безопасном месте. TUT.BY (2020-07-20). 2020-07-29.
  49. Светлана Тихановская вывезла детей из страны: Они в безопасном месте. belaruspartisan.by. 2020-08-01.
  50. Сын написал Тихановской: "Мне жаль тебя и страшно за тебя!". Новости Беларуси | euroradio.fm. 2020-08-06.