Taisiya Afonina
Taisiya Kirillovna Afonina (1913-yil 13-may, Nikolaev, Rossiya – 1994-yil 19-aprel, Sankt-Peterburg, Rossiya) – sovet rassomi, Sankt-Peterburg Rassomlar uyushmasi aʼzosi (1992-yilgacha – Leningrad tashkiloti)[1].
Taisiya Afonina | |
---|---|
Tavalludi |
13-may 1913-yil |
Vafoti |
19-aprel 1994-yil (80 yoshda) Rossiya Federatsiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya |
Taʼlimi | Repin nomidagi sanʼat instituti |
Kasbi | Rassom |
Hayoti
tahrirTaisiya Kirillovna Afonina 1913-yil 13-mayda Nikolaev shahridagi kemasozlik zavodining ustasi Kirill Nikolaevich Afonin oilasida tugʻilgan. Uning onasi Efrosiniya Semyonovna Goncharova Luganskdagi Hartman lokomotiv zavodining mashhur temirchisining qizi boʻlgan, Taisiyaning onasi uy xoʻjaligi bilan shugʻullangan.
1931-yilda maktabni tugatgach, Taisiya oʻqishni davom ettirish uchun Leningradga kelgan. 1932-1936-yillarda u ishchilar fakultetining kechki boʻlimida, soʻngra Butunrossiya Badiiy akademiyasining tayyorgarlik kursida oʻqigan.
1936-yilning bahorida, tayyorgarlik sinflarini tugatganidan soʻng, Taisiya Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutining rassomchilik yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. U Mixail Bernshteyn, Pavel Naumov, Viktor Oreshnikov bilan birga tahsil olgan.
Afoninani diplomi ustida ishlayotgan vaqtlarda ikkinchi jahon urushi boshlangan. Oʻgʻli va onasi bilan birga u avval Ostashkovga, keyin Vishniy Volochokga, soʻngra Luganskga evakuatsiya qilingan.
1943-yilda Luganskdan ozod qilingandan soʻng, Afonina bu shaharni qayta tiklashda ishtirok etgan. Afonina Lugansk shahrida sanʼat maktabida rassomchilikdan dars bergan. 1943-yil kuzida vafot etgan yosh gvardiyachilarning xotira maydonini bezash uchun bir guruh rassomlar bilan Krasnodonga joʻnab ketgan. Keyinchalik, 1946-yilda, Badiiy akademiyaning „Sotsialistik realizm uchun“ gazetasining may oyidagi sonida u shunday deb yozgan edi: „Men ularga tashlangan minani, qonli kiyimlarining qoldiqlarini, ularni qiynoqqa solingan qamoqxonani koʻrdim. Men ularning onalari va doʻstlari bilan gaplashdim. Men ularning butun qisqa qahramonlik hayoti haqida hamma narsani aytib berishni, yozishni xohlardim“ deb takidlagan[2].
1946-yilda Afonina LIZHSA I. E. Repin Igor Grabarning monumental rassomlik ustaxonasida ishlagan. Afoninaning diplom ishi "Donbass qizlari" rasmi boʻlgan. Afonina 1959-1960-yillarda rasm va hayratlanarli darajada nozik eskizlarini chizgan, yigirma yil oʻtgach, urushdan oldingi bitiruv rasmining mavzusiga ,,Nevadagi bayram'' rasimini chizishga qaror qilgan.
Afonina diplomini himoya qilgandan soʻng, Luganskda ishlashni davom ettirgan. 1952-yilda Afonina Leningradga qaytib kelgan. 1943-yilda K. Voroshilov nomidagi Lugansk muzeyi Afoninaning dastlabki uchta asarini sotib olgan, ular „Nemislar keldi“, „Germaniyaga oʻgʻirlash“, „Uchrashuv“ rasmlari edi. Keyinchalik, uning asarlari Leningrad, Kostroma, Krasnodon, Staraya Ladoga muzeylari va Parijdagi Zamonaviy sanʼat muzeyi tomonidan sotib olingan.
Afonina 1947-yildan Sankt-Peterburg Rassomlar uyushmasi (1992-yilgacha RSFSR Rassomlar uyushmasining Leningrad tashkiloti) aʼzosi boʻlgan. U 1940-yildan buyon koʻrgazmalarda qatnashib, oʻz asarlarini Leningraddagi yetakchi tasviriy sanʼat ustalari asarlari bilan birga namoyish etib kelgan. Afonina portretlar, manzaralar, janrli kompozitsiyalar, natyurmortlar va hayotdan eskizlar chizgan. Afonina moyli rasm va akvarel texnikasida ishlagan. Afonina oʻqishni tugatgandan keyingi dastlabki yillarda u harbiy mavzular va uygʻonish pafosi bilan qiziqqan boʻlsa, 1950-1970-yillarga kelib Afonina koʻproq portret va lirik landshaft janrida faoliyat yuritgan. Leningrad, Ukraina, Karpat, Meshchera joylari, Staraya Ladogadagi Leningrad rassomlarining ijodiy bazasi bilan qadimgi Volxov tabiatidan juda koʻp eskizlarni chizgan. 1989-1992-yillarda Afoninaning asarlari Fransiyada boʻlib oʻtgan L Ecole de Leningrad koʻrgazmasi va auktsionlarida muvaffaqiyatli taqdim etilgan[3].
Taisiya Kirillovna Afonina 1994-yil 19-aprelda Sankt-Peterburgda 81 yoshida vafot etgan.
Asarlari
tahrirTaisiya Afoninaning ishi tonal rasm texnikasidan foydalanish, yorugʻlik muhitini yetkazishga qiziqish va eng yaxshi rang munosabatlari bilan ajralib turgan. U yaratgan asarlar orasida "Quyma konveyeri" (1947), "Z. Qizilshteyn-Mixaylovaning portreti" [4], "Uzum va olma" [5] (ikkalasi 1955), "Shamolli kun" [6] (1956), " Ryazan yaqinida" [7] (1958), "Bahor", "Moviy tun", "Yomgʻirdan keyin" [8], "Eski Tuchkov koʻprigida" [9] (1959), Jdanovka daryosi" [10] (1960), "Xitoylik talaba portreti" [11] (1961), „Majnuntol bilan natyurmort“[12][13], "O. Berggolz portreti" [14], "Marinka"[15], "Atirgul kestirib Natyurmort" [16] (1964), "M. Ruban portreti" [17] (1971), "A. Grebenyuk portreti" [18], "Entomolog S. Keleynikova portreti" [19] (1975), "Koreys ayol Tamara portreti" [20] (1977), "Yozuvchi N. S. Tixonov portreti" [21] (1980) shu kabi asarlar yaratgan. 1980-yillarda gullar Afoninaning oʻziga xos sevimli mashgʻulotiga aylandi, bular jumlasiga atirgullar, dala romashka, lolalar kabi gullar edi. Afonina ularni asosan akvarel texnikasida chizgan.
Afonina ijodiy uslubining oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi „Art“ jurnali 1965-yilda uning portretlaridan biri haqida shunday deb yozgan edi: "Zamondoshiga boʻlgan qiziqish, tasvirlangan odamlar haqida oʻz fikrini ochiq aytish, aniq estetik baho berish istagi, xarakterning mohiyatiga mos keladigan koʻplab portretlarning tipik belgisi hisoblanadi. Afonina portretida Olga Berggolts sheʼriyati, odamlar pafosi bilan toʻla tashvishlari bilan tasvirlangan. Ushbu asar zamonaviy boʻlib, garchi u oʻtkir, shiddatli, boshqa bir vaqtning xotirasi sifatida paydo boʻlsa ham, bu bizga ham tegishli – bizning kechagi, daxshatli va fojiali urush davri, Leningradni qamal qilish davri boʻlgan. Ijodkor oʻziga xosligi bilan betakror obraz orqali avlodning eng yaxshi fazilatlarini – oʻzingni odamlarga, xizmat qilayotgan ishingga bagʻishlash qobiliyatini ochib beradi va bu insoniy fazilatlarning bardavomligini taʼkidlaydi[22].
Afoninaning asarlari Leningrad, Kostroma, Lugansk, Krasnodon, Staraya va Ladoga muzeylarida saqlanadi[23][3].
Adabiyotlar
tahrir- Tsentralniy Gosudarstvenniy Arxiv literaturi i iskusstva. SPb. F.78. Op.8. D.203.
- Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov. 1947 god. Jivopis. Skulptura. Grafika. Teatralno-dekoratsionnaya jivopis. Katalog. L., LSSX, 1948.
- Boykov V. Izobrazitelnoe iskusstvo Leningrada. Zametki o vistavke leningradskix xudojnikov // Leningradskaya pravda, 1947, 29 noyabrya.
- Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1960 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1963. S.7.
- Osennyaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1962 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1962. S.8.
- Krivenko I. „Leningrad“ (razdel jivopisi) // Xudojnik. 1965, № 3. – S. 27—36.
- Xudojniki narodov SSSR. Biobibliograficheskiy slovar. T.1. – M.: Iskusstvo, 1970. – S. 236.
- Andoza:Справочник членов Союза художников СССР 1979
- Portret sovremennika. Pyataya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1983. S.6.
- Spravochnik chlenov Leningradskoy organizatsii Soyuza xudojnikov RSFSR. – L.: Xudojnik RSFSR, 1987. – S. 9.
- Peinture Russe. Catalogue. Paris, Drouot Richelieu. 1991, 24 Septembre. – P. 43—44.
- L' Ecole de Saint-Petersbourg. Paris, Drouot Richelieu. 1992, 5 Avril.
- Peintures Russes. Catalogue. Bruxelles, 1992, 20 Decembre.
- ECOLE DE SAINT-PETERSBOURG : catalogue / ARCOLE / Etude Gros-Delettrez. – Paris: Drouot Richelieu, 13 Mars, 1992. – INDEX 173 à 178.
- Leningradskie xudojniki. Jivopis 1950—1980 godov. Katalog. – SPb., 1994. – C. 3.
- Etyud v tvorchestve leningradskix xudojnikov. Vistavka proizvedeniy. Katalog. SPb, 1994. C.3.
- Lirika v proizvedeniyax xudojnikov voennogo pokoleniya. Vistavka proizvedeniy. Katalog. SPb, 1995. C.3.
- Russkaya zima. Jivopis. Vistavka proizvedeniy peterburgskix xudojnikov. SPb, 1995. C.3.
- Jivopis 1940—1990 godov. Leningradskaya shkola. Vistavka proizvedeniy. SPb, 1996. C.3.
- Fedorov S. Vesna v gorode i natyurmort s verbami // Smena. 1996, 6 marta.
- Arseneva Z. Leningradskaya shkola skladivalas vo vremena „leningradskogo dela“ // „Pyatnitsa“. Yejenedelnoe prilojenie k gazete „Chas Pik“. 1996, 8 marta.
- Viziryakina T. Epoxa. Vremya. Xudojnik // Nevskoe zerkalo. 1996, № 7.
- Natyurmort v jivopisi 1950—1990 godov. Leningradskaya shkola. – SPb., 1997. – S. 3.
- Seryogin S. O suщnosti stola // Vecherniy Peterburg. 1997, 21 maya.
- Ivanov S. Neizvestniy sotsrealizm. Leningradskaya shkola. – SPb.: NP-Print, 2007. – S.9, 20, 21, 26, 64, 321, 356, 387, 388, 390, 392—395, 398, 400, 404, 405, 413—416, 419, 420, 422. ISBN 5-901724-21-6, ISBN 978-5-901724-21-7.
- Yubileyniy Spravochnik vipusknikov Sankt-Peterburgskogo akademicheskogo instituta jivopisi, skulpturi i arxitekturi imeni I. Ye. Repina Rossiyskoy Akademii xudojestv. 1915—2005. – SPb.: Pervotsvet, 2007. – S. 56. ISBN 978-5-903677-01-6.
- Ivanov S. Tixaya jizn za leningradskim stolom // Peterburgskie iskusstvovedcheskie tetradi. Vipusk 23. – SPb., 2012. – S.90—97.
- Afonina T. K. Natyurmort s verbami // 80 let Sankt-Peterburgskomu Soyuzu xudojnikov. Yubileynaya vistavka. – SPb.: „Tsvetprint“, 2012. – S. 203.
- Leningradskaya shkola jivopisi. Ocherki istorii. SPb: Galereya ARKA, 2019.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Спр. чл. союз. худ. 1979.
- ↑ Gazeta „Za sotsialisticheskiy realizm“. – 1946, may.
- ↑ 3,0 3,1 Peinture Russe. Catalogue. Paris, Drouot Richelieu. 1991, 24 Septembre. – R. 43—44.
- ↑ Xudojniki narodov SSSR. Biobibliograficheskiy slovar. T.1. M., Iskusstvo, 1970. S.236.
- ↑ Leningradskaya shkola jivopisi. Ocherki istorii. SPb, Galereya ARKA, 2019. S.264.
- ↑ Osennyaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov. 1956 goda. Katalog. L., Leningradskiy xudojnik, 1958. S.6.
- ↑ Osennyaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1958 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1959. S.6.
- ↑ Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1960 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1961. S.8.
- ↑ Ivanov S. Neizvestniy sotsrealizm. Leningradskaya shkola. SPb, NP-Print, 2007. S.324.
- ↑ Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1960 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1963. S.7.
- ↑ Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1961 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1964. S.9.
- ↑ Ivanov S. Neizvestniy sotsrealizm. Leningradskaya shkola. SPb, NP-Print, 2007. S.64.
- ↑ Afonina T. K. Natyurmort s verbami // 80 let Sankt-Peterburgskomu Soyuzu xudojnikov. Yubileynaya vistavka. SPb, Tsvetprint, 2012. S.203.
- ↑ Xudojnik. 1965, № 3. S.27—36.
- ↑ Leningrad. Zonalnaya vistavka 1964 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1965. S.8.
- ↑ Katalog vesenney vistavki proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1965 goda. L., Xudojnik RSFSR, 1970. S.7.
- ↑ Leningradskaya shkola jivopisi. Ocherki istorii. SPb: Galereya ARKA, 2019. S.261.
- ↑ Nash sovremennik. Zonalnaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1975 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1980. S.11.
- ↑ Portret sovremennika. Pyataya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1983. S.6.
- ↑ Osennyaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov. 1978 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1983. S.5.
- ↑ Zonalnaya vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1980 goda. Katalog. L., Xudojnik RSFSR, 1983. S.9.
- ↑ Vyunova I. Glavniy geroy – sovremennik // Iskusstvo. 1965, № 3. S.7.
- ↑ Ivanov S. Neizvestniy sotsrealizm. Leningradskaya shkola. – SPb.: NP-Print, 2007. – S. 6—7.
Havolalar
tahrirTaisiya Afonina haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |