Talapov Baxriddin Alijanovich (1958-yil 11-may, Chust tumani, Namangan viloyati) — falsafa fanlar doktori (2023)[1], professor (2023)[2]. Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani[3][4][5].

Talapov Baxriddin Alijanovich
Tavalludi 11-may 1958-yil (1958-05-11) (65 yosh)
Chust tumani, Namangan viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ilmiy darajasi Falsafa fanlar doktori
Ilmiy unvoni Professor

Biografiyasi tahrir

[[Talapov 1958-yil 11-mayda Namangan viloyati, Chust tumanida tavallud topgan. 1976-1981 yillarda Toshkent davlat universiteti bakalavriat, 1985-1987 yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1991-1994 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranti bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1981-1982-yillarda Namangan davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi sifatida boshlagan.

1987-1991 yil. — Namangan davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi.

1994-2003 yil. — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani, huquqshunoslik kafedrasi mudiri, huquqshunoslik fakulteti dekani

2003-2008 yil — Namangan shahri huquqshunoslik kolleji direktori

2008-2010 yil — Namangan davlat universiteti tarix fakulteti dekani

2010-2010 yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi

2010-2011 yil. — Namangan davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori vazifasini  bajaruvchi

2011-2012 yil. — Namangan davlat universiteti maʼnaviy — ahloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini bajaruvchi

2012-2013 yil. — Namangan davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat va xuquq asoslari kafedrasi mudiri

2013-2014 yil. — Namangan davlat universiteti  Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti dekani

2014-2018 yil. — Namangan davlat universiteti  milliy gʻoya, maʼnaviyat  asoslari va xuquq taʼlimi kafedrasi mudiri

2018-2020 yil. — Namangan davlat universiteti  milliy gʻoya, maʼnaviyat  asoslari va xuquq taʼlimi kafedrasi dotsenti

2020-yildan. — hozirgi vaqtgacha.  - Namangan davlat universiteti  Yuridik fakulteti dekani lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda.[6][7][8].

Ilmiy faoliyati tahrir

2023-yilda „Oʻzbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy — huquqiy masalalari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan[1].

Mukofotlari tahrir

  • 2021-yil Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi esdalik nishoni

Manbalar tahrir