Talashqontepa I
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Talashqontepa I — koʻhna shahar (mil. av. 6—4-asrlar). Sherobod (Surxondaryo)dan 15 km jan.gʻarbda joylashgan. T.ning tarhi aylana shaklida, diametri 130 m, maydoni 1,6 ga dan koʻproq. Qalinligi 5 m ga yaqin boʻlgan paxsa va toʻgʻri burchakli xom gʻishtlardan qad koʻtargan devor bilan oʻrab olingan. Devorda diametri 5 m dan koʻproq boʻlgan 15 ta aylana minoralar qurilgan. T.da turli yillarda E. V. Rtveladze, A. S. Sagdullayev, Sh. R.Pidayev, Sh. B.Shaydullayev kabi arxeologolimlar tadqiqot ishlari olib borishgan. Qazishlar natijasida silindrsimon idishlar, kremniy va jezdan ishlangan oʻq uchlari, oʻgʻir dastalari, qirgʻichlar, kayroqtoshlar va dehqonchilik bilan boglik boʻlgan buyumlar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |