Taleb Tawatha (yoki Twatha[1], arabcha: طالب طواطحه, 1992-yil, 21-iyunda tugʻilgan) — isroillik professional futbolchi, Isroil Premyer-ligasi klubi Bnei Sakhnin va Isroil milliy futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Taleb Tawatha
Tawatha Israel U-21 safida 2013-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Taleb Tawatha
Tavallud sanasi 21-iyun 1992-yil (1992-06-21) (32 yosh)
Tavallud joyi Jisr az-Zarqa, Isroil bayrogʻi Isroil
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Isroil Bnei Sakhnin
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Maccabi Haifa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2016 Maccabi Haifa 153 (5)
2016—2019 Eintracht Frankfurt 30 (0)
2019—2020 Ludogorets Razgrad 7 (0)
2020—2022 Maccabi Haifa 18 (0)
2022- Bnei Sakhnin 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Israel U16 8 (0)
2008—2009 Israel U17 15 (2)
2009 Israel U18 3 (0)
2009—2010 Israel U19 5 (0)
2011—2013 Israel U21 10 (0)
2011- Israel 21 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-iyun 2021-yil (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-iyun 2022-yil (utc) uchun)

Tawatha faoliyatini Maccabi Haifada boshlagan, u yerda 2011-yilda Isroil Premyer-ligasi chempioni va 2016-yilda Isroil milliy kubogini qoʻlga kiritgan. U 7 mavsum davomida 204 ta oʻyinda maydonga tushib, klub himoyasining ajralmas qismiga aylangandi. 2016-yil iyul oyida Tawatha Germaniya Bundesligasining Eintracht Frankfurt klubiga 1,5 million yevro evaziga shartnoma imzoladi va 2018-yilda DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan jamoaning safida bor edi. 2019-yil avgust oyida erkin agentga aylandi va ikki hafta oʻtib BolgariyaningLudogorets Razgrad klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.

16 yoshdan 21 yosh toifasigacha boʻlgan Isroil yoshlar terma jamoasini himoya qilgan va 2011-yilda kattalar safida debyutini oʻtkazgan.

Yoshligi

tahrir

Tawatha Isroilning Jisr az-Zarqa shahrida, kelib chiqishi sudanlik va badaviy boʻlgan arab-musulmon oilasida tugʻilgan[2].

U Sudan fuqaroligiga ham ega[3].

Klubdagi faoliyati

tahrir

Maccabi Haifa

tahrir

Tawatha Maccabi Haifaning yoshlar jamoalarida shugʻullangan. 2009-yilda u kattalar jamoasida debyut uchrashuvini oʻtkazgan. 2010/2011-yilgi mavsumda u Maccabi Haifa klubiga Isroil Premyer-ligasida chempion boʻlishiga yordam berdi, bitta gol urdi va chap himoyachi sifatida beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Tawatha „Young Discory Award (Yosh kashfiyotlar mukofoti)“ni qoʻlga kiritdi va mavsumning MVP jamoasiga kiritildi. 2016-yilda Maccabi Haifa safida Isroil milliy kubogini qoʻlga kiritdi.

Eintracht Frankfurt

tahrir

2016-yilning iyul oyida Tawathani Germaniyaning Eintracht Frankfurt klubi 1,5 million yevro evaziga sotib oldi.

Ludogorets Razgrad

tahrir

2019-yilning 11-sentabrida Tawatha erkin agent sifatida Bolgariyaning birinchi liga jamoasi Ludogorets Razgradga oʻtdi[4].

Faoliyat statistikasi

tahrir
 
Tawatha Haifa Maccabi safida 2015-yil
2022-yil, 1-iyun holatiga koʻra[5]
Klub Liga Kubok Boshqa Qitʼa Jami
Klub Liga Mavsum Oʻyin Gol Asist Oʻyin Gol Asist Oʻyin Gol Asist Oʻyin Gol Asist Oʻyin Gol Asist
Isroil Liga Kubok Boshqa Yevropa Jami
Maccabi Haifa Premier League 2009-10 3 0 0 0 0 0 7 0 1 1 0 0 11 0 1
2010-11 18 1 3 3 0 2 6 0 0 0 0 0 27 1 5
2011-12 28 1 4 4 0 1 3 0 0 12 1 3 47 2 8
2012-13 21 2 6 2 1 0 2 0 0 0 0 0 25 3 6
2013-14 26 0 0 0 0 0 0 0 0 11 0 1 37 0 1
2014-15 30 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 30 1 0
2015-16 27 0 3 4 0 0 0 0 0 0 0 0 27 0 3
Jami 153 5 16 9 1 3 18 0 1 15 1 4 204 7 24
Germaniya Liga Boshqa DFB-Pokal Yevropa Jami
Eintracht Frankfurt Bundesliga 2016-17 14 0 0 5 2 0 0 0 0 0 0 0 19 2 0
2017-18 13 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 15 0 1
2018-19 3 0 0 0 0 0 3 0 1 0 0 0 6 0 1
Jami 30 0 1 7 2 0 3 0 1 0 0 0 40 2 2
Bulgariya Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Ludogorets Razgrad First League 2019-20 6 0 3 1 0 0 0 0 0 0 0 0 7 0 3
2020-21 1 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 0 2 0 0
Jami 7 0 3 1 0 0 0 0 0 1 0 0 9 0 3
Maccabi Haifa Israeli Premier League 2020-21 15 0 0 1 0 0 0 0 0 1 0 0 16 0 0
2021-22 3 0 0 0 0 0 1 0 0 3 0 0 7 0 0
Jami 18 0 0 1 0 0 1 0 0 4 0 0 23 0 0
Bnei Sakhnin Israeli Premier League 2022-23 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyera jami 208 5 20 18 3 3 19 0 1 23 1 4 276 9 29

Xalqaro maydonda

tahrir
Gollar va natijalar birinchi boʻlib Isroilning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[6].
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018-yil 15-noyabr Netanya stadioni, Netanya, Isroil   Gvatemala 2-0 7-0 Doʻstona

Yutuqlari

tahrir

Maccabi Haifa

  • Isroil Premyer-ligasi: 2010-11, 2020-21, 2021-22
  • Isroil milliy kubogi: 2015-16
  • Toto kubogi: 2021-22
  • Isroil Superkubogi: 2021

Eintracht Frankfurt

  • DFB-Pokal: 2017-18; ikkinchi oʻrin: 2016-17

Ludogorets Razgrad

  • Bolgariya Birinchi ligasi: 2019-20

Manbalar

tahrir
  1. „Taleb Twatha & Mohammad Kalibat (Israel) - Under-21 - nav_ - UEFA.com“. www.uefa.com. 2013-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Kres meets... Taleb Tawatha“. Deutsche Welle (29-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  3. „Eintracht Frankfurt verpflichtet Taleb Tawatha - Eintracht Frankfurt - Offizielle Website“. www.eintracht.de. 2016-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Лудогорец подписа със защитник от Айнтрахт“ (bolgarcha). ludogorets.com (11-sentabr 2019-yil).
  5. „One: מכבי נתניה - דלה ימפולסקי“.
  6. „Tawatha, Taleb“. National Football Teams. Qaraldi: 16-noyabr 2018-yil.