Targʻil lola
Kaufman lolasi ( lotincha: Tulipa kaufmanniana) — Loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub lola (Tulipa) turkumiga kiruvchi bir pallali o‘simlik turi.
Kaufman lolasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | O‘simliklar |
Tip: | Gulli |
Sinf: | Bir pallali |
Oila: | Loladoshlar |
Urugʻ: | Lola |
Turlari: | Kaufman lolasi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Tulipa kaufmanniana (Regel, 1877) |
Bu o‘simlik turini birinchi marta rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel 1877-yilda Chirchiq daryosi havzasi (O‘zbekiston) yaqinida to‘plagan namunalari asosida qayd etadi. Uning nomi Turkiston o‘lkasi general-gubernatori Konstantin fon Kaufman sharafiga berilgan, sababi aynan u XIX asrning 60-yillarni oxirida Rossiya havaskor tabiatshunoslari jamiyatining olimlarini ushbu hudud tabiatini o‘rganishda ishtirok etishga taklif qilgan.
Tavsifi
tahrirBu o‘simlikning piyozchasi qalinligi 4 sm.gacha, jigarrang ignalari bor. Ildizlari bir yillik hisoblanadi. Poyasi 10 dan 50 sm.gacha, ko‘pincha antosianinlar bilan bo‘yalgan. Barglari — 2 dan 4 tagacha, kulrang, keng, lansetsimon, biroz og‘gan yoki biroz egilgan shakl ko‘rinishga ega. Gul yakkam-dukkam, diametri taxminan 8 sm. va balandligi 10 sm. — gulkosasi yulduzsimon, tepalari uchli yoki to‘mtoq. Gullarining rangi — oq, oqish, tillarang, sap-sariq, olovrang, och qizil, deyarli alvon tusda ham uchraydi. Barcha navlar uchun bu turning o‘ziga xos xususiyati: barglarining tashqi tomonidagi kontrast yo‘lli chiziqlar hosil bo‘ladi.
Bu o‘simlikning noyob sariq turlari qizil dog‘li, gulbargchalarining ichki tomoni gulkosasi bilan o‘ralgan. Gulning bunday shakli gidrid yoki chimyon lolasi (Tulipa × tschimganica) Ugom tepaliklarida uchraydi.
Gulning o'rtasida to'psimon sarg'ish, chiziqli gulchanglari va jigarrang yoki binafsha rangdagi changdoni joylashgan. Gulchangdoni tuksiz, sariq, gulchanglaridan 3-4 marta uzunroq, burama shaklda. Urug‘doni bir oz qisqaroq, deyarli o'zgarmas. Mevasi quticha shaklida bo'lib, uzunligi 7 sm.gacha va kengligi 2 sm.gacha, urug'lar soni 270 tagacha. U ko‘p urug'li va vegetativ shaklda ko‘payadi.
Ekologiyasi
tahrirBu gul turi soyali yonbag‘irlarni, buta chakalakzorlarini, kamdan-kam hollarda tez-tez tog‘larning pastdan yuqori kamariga qadar toshli yonbag‘irlarini afzal ko‘radi.
Tabiatda Greyg lolasi (Tulipa greigii) bilan duragaylari, ayrim holatlarda esa shubhali lolalar (Tulipa dubia) shaklida uchraydi.
Tarqalishi
tahrirKaufman lolasi — Markaziy Osiyoning endemik o‘simligidir. Yovvoyi shakli faqat Qozog‘iston (Qoratov tizmasining janubi-sharqiy qismi va Gʻarbiy Tyan-Shan — Jambil va Janubiy Qozog‘iston), O‘zbekiston, Qirg‘iziston va qisman Tojikistonda, Tyan-Shan tog‘ tizmasida ham uchraydi.
Muhofaza choralari
tahrirMazkur tur SSSR Qizil kitobiga kiritilgan. Hozir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Qizil kitoblariga ham bor. Chotqol biosfera qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan. Tabiatdagi tuplarining holatini nazorat qilish, gullarini terishni taqiqlash, ular orasidan manzarali shakllarini ajratib olish va yetishtirish lozim[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „КАУФМАН ЛОЛАСИ“. Redbook.uz. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
Adabiyot
tahrir- Бочанцева З.. Тюльпаны. Морфология, цитология и биология. Ташкент: Изд-во АН Узбекской ССР, 1962.
- Головкин Б. Н., Китаева Л. А., Немченко Э. П.. Декоративные растения СССР. Москва: Мысль, 1986 — 49-bet.
- Введенский А. И. „Род 272. Тюльпан — Tulipa.“, . Флора СССР : в 30 т.. М.—Л.: Изд-во АН СССР, 1935 — 320—464-bet.
- Введенский А. И., Ковалевская С. С. „Род Tulipa L.“, . Определитель растений Средней Азии. Ташкент: ФАН, 1971 — 94—109-bet.