Tayinsha (tuman)
Tayinsha tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. Oqmoʻla viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 11,43 ming km2. 2011-yili 1-yanvarda tuman aholisi 48,816 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi 5,0 kishi/km2. Maʼmuriy markazi — Tayinsha shahri. Tuman Viloyat markazidan 150 km masofada joylashgan.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Tayinsha |
Asos solingan sanasi | 1934-yil |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2011) | 48 816 |
Zichligi | 5,0 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 27,84% Polyaklar - 21,83% Ruslar - 21,55% Ukrainlar - 12,46% Olmonlar - 9,79% Beloruslar - 3,17% Tatarlar - 0,68% Ingushlar - 0,49%[1][2] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar |
Maydoni | 11,430 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71536[3] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Xaritada | |
53°57′0″N 69°57′0″E / 53.95000°N 69.95000°E |
Aholisi
tahrirTuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, ayniqsa bu tumanda polyaklarning koʻpchiligi istiqomat qilshadi. 2011-yilgi statistika boʻyicha tumanda 48,816 kishi istiqomat qilmoqda.[4]
Tuman aholisining 2009-yildagi milliy tarkibi[5]:
- qozoqlar — 26,8 % (15,7 ming)
- polyaklar — 22,4 % (13,2 ming)
- ruslar — 21,7 % (12,7 ming)
- ukrainlar — 12,7 % (7,4 ming)
- olmonlar — 9,9 % (5,8 ming)
- beloruslar — 3,2 % (1,9 ming)
- tatarlar — 0,7 % (0,3 tis.)
- boshqa millatlar — 2,6 % (1,5 ming)
2010-yil 1-yanvardagi tuman aholisining milliy tarkibi[1][2]:
- qozoqlar — 15 748 kishi (27,84 %)
- polyaklar — 12 350 kishi (21,83 %)
- ruslar — 12 189 kishi (21,55 %)
- ukrainlar — 7 046 kishi (12,46 %)
- olmonlar — 5 540 kishi (9,79 %)
- beloruslar — 1 792 kishi (3,17 %)
- tatarlar — 382 kishi (0,68 %)
- ingushlar — 277 kishi (0,49 %)
- armanlar — 199 kishi (0,35 %)
- chechenlar — 149 kishi (0,26 %)
- oʻzbeklar — 106 kishi (0,19 %)
- ozarbayjonlar — 104 kishi (0,18 %)
- chuvashlar — 69 kishi (0,12 %)
- mordvalar — 54 kishi (0,10 %)
- boshqalar — 564 kishi (1,00 %)
- Umumiy — 56 569 kishi (100,00 %)
Tarixi
tahrirKrasnoarmeyskiy tumani 1934-yilda tashkil topdi. 1997-yil 2-maydagi Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Krasnoarmeyskiy tumanining nomi, Tayinsha tumani deb qayta nomlandi.[6]
Iqtisodii
tahrirTumanda 2010-yili 1-yanvarda 475 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 8 — yirik, 60 — oʻrta, 407 — kichik korxonalar. Tumanda viloyat qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotining 13,5 %-i (32 237,5 mln. tenge) tashkil qilgan. Asosiy kapitalga investitsiya koʻlami 3 825,3 mln. tengeni tashkil qildi. Foydalanishga 7,7 ming m2 turar-joy berildi. Tumanning iqtisodida 34,2 ming kishi ishlaydi. Oʻrtacha oylik maoshi (xususiy kichik korxonalarni hisobga olmaganda) oʻtgan yil bilan taqqoslagnada 13,1 % oʻsib, 35 807 tengeni tashkil qildi. Oylik 5,7 % oʻsti[7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-09
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
- ↑ Демоскоп
- ↑ Социально-экономический паспорт Тайыншинского района на 01.07.2009 года, 2009-05-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-09
- ↑ Указ Президента Республики Казахстан от 2 мая 1997 года № 3482 «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Кокшетауской области».
- ↑ Департамент статистики Северо-Казахстанской области, 2011-08-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-27